ISLOMOV

ISLOMOV Saidazim (1860-Toshkent—1955) — xalqustasi, ganch va yogʻoch oʻymakori; oilaviy ustalar sulolasi asoschisi (oʻgʻli usta Akbar Azimov, nabirasi usta Saidmalik Azimov; evarasi Shuhrat Azimov «Musavvir» ustaxonasida oʻyma bezakli badiiy buyumlar tayyorlovchi usta). Islomov ish faoliyatini milliy anʼanaviy uslubda binolar qurish bilan boshlagan. Binoning sinch qurilishidan boshlab, pardozlab tugallanishigacha boʻlgan ish jarayonini pux-ta egallagan. Binolarni ganch … Читать далее

KOSMIK NURLAR

KOSMIK NURLAR — Yerga Koinotdan izotrop tushib turadigan yuqori energiyali (taxm. 1 dan 1012 GeV gacha) barqaror zarralar oqimi (birlamchi nurlar), shuningdek, bu zarralarning atmosferadagi atom yadrolari bilan oʻzaro taʼsiridan paydo boʻladigan nurlar (ikkilamchi nurlar); maʼlum boʻlgan barcha elementar zarralarni oʻz ichiga oladi. Yer sirtiga faqat ikkilamchi Kosmik nurlar gina yetib keladi. Birlamchi kosmik nurlar … Читать далее

ZOOTEXNIYA

ZOOTEXNIYA (zoo… va yun. techne — sanʼat, mahorat) — q. x. hayvonlarini urchitish, oziqlantirish, saqlash va ulardan maqsadga muvofiq foydalanish haqidagi fan. Hayvonlarni par-varishlash va ulardan foydalanish boʻyicha tavsiyalar juda qadimda paydo boʻlgan. Odam hayvonlarni qoʻlga oʻrgatib, xonakilashtirgan va ulardan xoʻjalik ehtiyojlari uchun foydalana boshlagan davrdan boshlab 3. haqidagi sodda tasavvurlar shakllana boshladi. Bundan 2700 … Читать далее

BIOLOGIYA

BIOLOGIYA (bio… va ..logiya) — tirik tabiat haqidagi fanlar majmuasi. Biologiya hayotning barcha kurinishlari: tirik organizmlar va tabiiy jamoalarning tuzilishi va funksiyasini, tirik mavjudotlarning kelib chiqishi va tarqalishi, ularning bir-biri va yotirik tabiat bilan oʻzaro bogʻlanishini oʻrganadi. Biologiyaning asosiy vazifasi tiriklikning namoyon boʻlishi qonuniyatlarini oʻrganish, hayotning mohiyatini ochib berish, tirik organizmlarni sistemaga solishdan iborat. «Biologiya» … Читать далее

DADAYEV

DADAYEV Qahramon (1936.15.12, Toshkent) — sozanda (doira), Oʻzbekiston xalq artisti (1977). Glier nomidagi Respublika musiqa maktabi, Hamza nomidagi Toshkent musiqa bilim yurtida taʼlim olgan. Doira ijrochilik anʼanalarini Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist T. Inogomov va Gʻ. Inogomovlardan oʻrgangan. Toshkent xoreografiya bilim yurti (1953—54), Oʻzbek davlat estradasi (1954—57), «Bahor» raqs ansambli (1957—97)da sozanda, mazkur ansambl tashkilotchilaridan. M. … Читать далее

IMOMI AʼZAM

IMOMI AʼZAM, Abu Hanifa Noʻmon ibn Sobit al-Koʻfiy (699, Koʻfa — 767, Bagʻdod) — hanafiylik mazhabi asoschisi. Ilohiyotchi, faqih, muhaddis. «Abu Hanifa» uning kunyasi, «Imomi Aʼzam» («Ulugʻ imom») ulugʻligining eʼtirofi oʻlaroq berilgan unvon. Asli fors boʻlib, oʻziga toʻq, zodagon oiladan. Olim va fozil insonlar orasida voyaga yetdi. Otasidan qolgan katta boylikni ilm yoʻlida sarf etdi. … Читать далее

INKUBATOR

INKUBATOR (lot. incubo — tuxum bosaman, bola ochiraman) — parrandalar (tovuq, oʻrdak, kurka, gʻoz va b.) tuxumidan joʻja ochirish apparati. Tu-zilishi murakkab boʻlib, issiklik va namlikni boshqaradigan asboblar va tuxumlarni aylantirib turadigan mos-lamalar bilan uskunalangan. Inkubatorda qoʻyilgan sifatli tuxumdan 80—85% joʻja ochib chiqarish mumkin. Yilning hamma faslida Inkubatorlar qoʻyilgan xonalarda havo harorati 27° dan ortiq … Читать далее

KURKA

KURKA, qulqul — tovuqsimonlar turkumining kurkasimonlar oilasiga mansub parranda. Markaziy Amerikada tarqalgan oddiy yovvoyi Kurka (Meleagris gollopavo)fl aH kelib chiqqan. K. Yevropaga, dastlab, 16-a. boshlarida keltirilgan; eng yirik xonaki parranda, oyoqlari, nisbatan uzun, baquvvat, dumi keng, qanotlari qisqa, doʻppayib chiqqan. Boshi va boʻynida «toj»lari bor, pati qalin. Tumshugʻining yuqori qismidan teri oʻsimta osilib turadi. Jinsiy … Читать далее

GEOGRAFIYA

GEOGRAFIYA (yun. geo… va…grafik) — Yerning geografik qobigʻi, uning struktura va dinamikasi, alohida komponentlarini hududlar boʻyicha oʻzaro taʼsiri va taqsimlanishini oʻrganadigan fanlar majmui. Antik dunyo gʻarb olimlari Yer yuzasining manzarasini Geografiya soʻzi b-n ifodalaganlar. Geografiya terminini dastlab Eratosfen (mil. av. 276—194-y. larda yashagan) kiritgan. Oʻrta Osiyoda 9 — 10-a. lardan boshlab Geografiya soʻzi maʼnosida «surati … Читать далее

GELMINTLAR

GELMINTLAR (Helminthos. yun. helmins, helminthos — chuvalchang, gijja) — har xil sistematik guruhlarga mansub parazit chuvalchanglar guruhi. Gelmintlarga 5 tipga mansub jonivorlar, jumladan yassi chuvalchanglardan monogeneyalar, soʻrgʻichlilar, tasmasimon chuvalchanglar va sestodsimonlar; toʻgarak chuvalchanglardan nematodalar va qilchuvalchanglar; halqali chuvalchanglardan zuluklar; tikanboshlilar, nemertinlar hamda sistematik oʻrni toʻliq aniqlanmagan ortonektidlar va ditsiyemidlar kiradi. Gelmintlar ekologik guruh boʻlib, juda … Читать далее