NORBOYEVA Oydin Abdulhaqovna

NORBOYEVA Oydin Abdulhaqovna (1944.1.2, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1978). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1964). 1964—90 y. lar Hamza teatrida, 1990—94 y. lar «Ilhom» teatrida aktrisa. «Qonli sarob» (S. Azimov) spek-taklidagi Aqiqa uning sahnadagi ilk obrazi. Norboyeva ijodiga chuqur psixologik talqin, tiniq va ravon nutq, qahramonlarini romantik va yorqin boʻyoqlarda noziklik bilan ifodalash xos. Aso-sky rollari: Asal (Ch. Aytmatov, «Sarv-qomat dilbarim»), Unsin, Nuri (Oybek, «Qutlugʻ qon»), Kordeliya, Dezdemona (U. Shekspir, «Qirol Lir», «Otello»), Umida (A. Qahhor, «Ayajonlarim»), Sayyora (Uygʻun, «Abu Rayhon Beruniy»), Gerda (Ye. Shvars, «Qor malikasi»), Anvara (Oʻ. Umarbekov, «Qiyomat qarz»), Kamola (R. Tagor, «Gang daryosining qizi»), Masha (L. Tolstoy, «Tirik murda»), Mariya Styuart (F. Shiller, «Mariya Styuart»), Antigona (Sofokl, «Antigona»), Shakuntala (Kalidasa, «Yoʻqolgan uzuk»), Milli (A. Fugort, «Bu yerda odamlar yashaydi»), N. «Oʻzbekfilm» va «Tojikfilm» ki-nolarida ham oʻziga xos obrazlar yarat-di (Surayyo, «Surayyo»; Nodiya, «26-otilmasin»; Zamira, «Fidoyi»; Xadicha, «Qalbingda quyosh»; Malohat, «Senga intilaman»; Taxmina, «Rustam haqida doston», «Rustam va Suhrob»; Xayri, «Yurak amri bilan» va b.). Videofilmlarda ham suratga tushgan (Xadichabegim, «Bobur» va b.).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x