GULOBI

GULOBI — qovunning kechpishar navlari. Uning joʻjaburun G., qizil G., koʻk Gulobi, sariq G., qora Gulobi xillari bor. Joʻjaburun Gulobi urugʻidan chiqqandan keyin 100—115 kunda pishadi. Hosildorligi oʻrtacha. Shaqli urchuqsimon, uchi toʻmtoq, yirik, uz. 32—34 sm, ogʻirligi 4—6 kg. Sirti burish toʻrlagan. Tusi sariq, oftobga qaragan tomoni yashilroq. Poʻsti qattiq. Eti oq, kalinligi 5—5,5 sm, tigʻiz, kuvrak, tarkibida 8,1% qand bor. Urugʻi yirik, sariq. Asosan Buxoro viloyatida eqiladi. Qizil Gulobi urugʻdan chiqqandan keyin 100—115 kunda pishadi, gektaridan 250—280 s xrsil beradi. Tashishga va asrashga chidamli, shaqli tuxumsimon, uz. 26—29 sm, ogʻirligi 7 kg. Sirti tekis, yashil-sariq. Poʻsti qattiq. Etining qalinligi 5—6 sm, oq, tigʻiz, tarkibida 9,5% qand bor. Urugʻi yirik, sariq. Zarafshon vodiysida va respublikaning janubiy r-nlarida koʻp eqiladi. Xorazm vohasida ham uchraydi. Koʻk Gulobi urugʻdan chiqqandan keyin 110—125 kunda pishadi. Gektaridan 250—300 s hosil beradi. Tashishga va saqlashga chidamli. Shaqli choʻziq, tuxumsimon, uz. 24—30 sm, ogʻirligi 4—5 kg. Sirti toʻrlagan. Tusi xira sargʻish-yashil. Poʻsti qattiq. Eti oq, poʻstiga yondosh joyi koʻkish, qalinligi 5—6 sm, tigʻiz, tarkibida 9,6—11,4% qand bor. Urugʻi yirik, sargʻish-jigarrang. Zarafshon vodiysi, respublikaning janubiy r-nlari, Xorazm vohasida, Qoraqalpogʻistonda eqiladi. Sariq Gulobi urugʻidan chiqqandan keyin 110—120 kunda pishadi, gektaridan 250—300 s hosil beradi. Tashishga chidamli, lekin uzoq turmaydi. Shaqli choʻziq, tuxumsimon. Yirik (45—56 sm), ogʻirligi 8—12 kg. Tusi yashil-sariq, sirtida och sariq dogʻlar bor. Poʻsti qattiq, eti oq, qalinligi 5—8 sm, tarkibida 8,3% qand bor. Urugʻi yirik, jigarrang. Xorazm vohasida koʻp eqiladi. Qora Gulobi urugʻdan chiqqandan keyin 100— 125 kunda pishadi, serhosil, tashishga va saqlashga chidamli. Shaqli tuxumsimon. Baʼzan choʻziqroq, yirik (34—55 sm), ogʻirligi 12—13 kg. Sirti burishgan, sertoʻr, poʻsti qattiq. Eti oq, tigʻiz, qalinligi 6—7 sm, tarkibida 8,4% qand bor. Urugʻi yirik, sariq. Xorazm viloyatining janubiy r-nlarida eqiladi.

Botir Azimov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x