JOʻJA

JOʻJAtovuq va b. parranda palaponi. Tovuq Joʻja lari 1 kunligida 35—40 g, 1 oyligida 240—270 g, 2 oyligida 550 — 600 g, 3 oyligida 900—1100 g, 4 oyligida 1200—1500 g, 5 oyligida 1500 — 1800 g boʻladi. Goʻsht (broyler) yoʻnalishidagi tovuq zotlarning 7—8 haftalik Joʻjalari vazni 1,5—1,8 kg ga yetadi. Joʻjalar 2 oylikkacha katakli batareyalarda yoki poliga poxol toʻshalgan xonalarda saqlanadi, 4—5 kunligidan boshlab iliq kunlarda yayratish maydonchasiga, keyinchalik maysazorlarga chiqarib turiladi. Xonaki usulda boqishda Joʻja larga birinchi haftada suvda qaynatib pi-shirilgan tuxum, tvorog, koʻk barra piyoz yoki sarimsoq mayda toʻgʻrab beriladi. Katakli batareyalarda har 1m2 ga 1 — 20 kunlik Joʻja lardan 25—30; 21—40 kunligidan 15—20 va 41—60 kunligidan 9—12 ta; poliga poxol toʻshalgan xonalarda har 1m2 ga 1—30 kunligidan 8 — 24; 30—60 kunligidan 16—18 ta joylashtiriladi. Xonaning harorati birinchi 20 kunlikda 29—22°, 21—40 kunligida 20—18°, 41—60 kunlikda 17—16° boʻlishi kerak. 2 oylik makiyon Joʻjalar joʻjaxoʻrozlardan ajratilib, yayratish maydonchasining atrofi simtoʻr bilan oʻralgan xonalariga, yengil tipda qurilgan ayvonlarga oʻtkaziladi. Joʻjalar maxsus tayyorlangan aralash ozuqa berib bo-qiladi. Birinchi oyda har 2 soatda, ik-kinchi oyda har 3 soatda, keyinchalik kuniga 2—4-marta don va aralash ozuka berib turiladi (q. Broyler, Inkubatsiya).

Sayfiddin Azimov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x