MEJELAYTIS Eduardas Benyaminovich

MEJELAYTIS Eduardas Benyaminovich (1919.3.20, Litva Respublikasi — 1999, Vilnyus) — Litva xalq shoiri (1974). 2-jahon urushi qatnashchisi (1943). Ijodi 1935-y. dan boshlangan. Dastlabki sheriy toʻplamlari («Lirika», 1943; «Vatan shamoli», 1946) Litva xalq qoʻshiklari, ertak va afsonalari ruhi bilan sugʻorilgan boʻlib, ularda ayni paytda Salomeya Neris lirikasiga xos xususiyatlar sezilib turadi. «Qardoshlik dostoni» (1954) «Begona toshlar» … Читать далее

MANAS

«MANAS» — qirgʻiz xalq qahramonlik eposi. Asar 3 qismdan iborat (450 ming misra). Genealogik sikl asosida bosh qahramon Manas, uning oʻgʻli Semetey va Semeteyning oʻgʻli Seytekning qaxramonona hayoti tafsiliga bagʻishlangan. «Manas» nazmda yozilgan boʻlib, sheʼriyatning sajʼ yoʻli bilan aytilgan. «Manas» odatdagi qahramonlik eposi koʻlamidan ancha keng. U oʻtmish qirgʻiz hayotining qariyb barcha sohalarini oʻzida jamlagan … Читать далее

MAHABHARATA

«MAHABHARATA» («Bharata avlodlari jangnomasi») — qad. hind qahramonlik eposi. Dastlabki namunasi mil. av. 10—8-a. larda yuzaga kelgan «Mahabharata» 25 ming misradan iborat sheʼriy qoʻshiqlardir. Aytilishicha, u avval «prakrit» (xalq) tilida ogʻizdan ogʻizga koʻchib yurib, keyinchalik sanskrit tilida yozma adabiyotga kirib kelgan. Asar qahramonlaridan biri afsonaviy avliyo Vyasa uning muallifi sanaladi. Epos turli hajmdagi 18 kitobdan … Читать далее

MARKO POLO

MARKO POLO (Marko Polo) – (1254 — Venetsiya — 1324.8.1) — italiyalik sayyoh va yozuvchi. Marko Polo 1271—75 y. larda venetsiyalik savdogarlar bilan birga kemada Kichik Osiyo ya. o. ning jan.-sha-rqiy sohillariga, u yerdan Bagʻdod, Basra, Tabriz va Kermonga kelgan, soʻngra Balx, Qashqar, Xotan, Kampichu (Gan-chjou) sh. lari va Gobi choʻlini kesib oʻtib Qoraqurumga yetib … Читать далее

MUʼINIDDIN NATANZIY

MUʼINIDDIN NATANZIY (14-a 2-yarmi — 15-a. boshi) — tarixchi olim. Eronning Isfahon viloyatidagi Natanz qasabasidan. Davlatshoh Samarqandiynint «Tazkirat ush-shuaro» («Shoirlar tazkirasi») asarida yozishicha, 15-a. boshlarida Sherozda Mirzo Iskandar saroyida Haydar Xorazmiy, Hofiz Xorazmiy kabi shoirlar bilan birga Muʼiniddin Natanziy ham yashab, ijod qilgan. 1414-y. dan Hirotda yashagan. Bizgacha Muʼiniddin Natanziyning fors tilida yozilgan «Muntaxab uttavorixi … Читать далее

MUHAMMAD AMIN BUXORIY

MUHAMMAD AMIN BUXORIY, Muhammad Amin ibn Mirza Muhammad Zamon Buxoriy Soʻfiyoniy (17-a.) — buxorolik tarixchi olim. Buxoro sh. ning Soʻfiyon mahallasidan boʻlgan, Hayoti toʻgʻrisida maʼlumotlar deyarli saqlanmagan. Taxm. 60 yoshida «Muhit attavorix» — «Tarixlar okeani» (1700) asarini yozgan. Asar 10 bobdan iborat boʻlib, uning keyingi boblari somoniylar va ashtarxoniylar davrini oʻz ichiga oladi. Asarda olimlar, … Читать далее

MUHABBAT

MUHABBAT, sevg i — 1) biror shaxsga yoki kishilar guruhiga, gʻoyaga yoki amaliy faoliyatga nisbatan in-tim va kuchli tuygʻu. Nafratning aksi. Shaxs ichki dunyosining eng erkin ifodasi sifatida yuzaga keladi. Muhabbat tuygʻusining ulugʻvorligi va murakkabligi shundaki, unda biologik va maʼnaviy, shaxsiy va ijtimoiy, in-tim va umumiy holatlar bamisoli bir nuqtaga toʻplanadi. Ijtimoiy fikrlar tarixida Muhabbatga … Читать далее

MUSIQALI DRAMA

MUSIQALI DRAMA — 1) musiqa (vokal va cholgʻu) hamda soʻz sanʼatiga asoslangan sax. na asari, musikali teatr janri. Ilk namunalari Sharq (mas, 5-a. Xindiston, 12-a. Xitoy)da shakllangan. Mazkur janr Ozarbayjonda 20-a. boshida, Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda 1920y. larda vujudga kelgan. Musiqali dramada sahna voqealari, qahramonlarning ichki kechinma va holatlari, oʻzaro mu-nosabatlari soʻz, musiqa, dramatik harakat, … Читать далее

MUHTARAM

MUHTARAM, Hoji Neʼmatullo, Nozik (taxalluslari; asl ism-sharifi Mulla Muhammad Neʼmatulla qozi Sharafiddin oʻgʻli) (1880 — Buxoro — 1920) — shoir va tazkiranavis. Buxoroda tahsil koʻrgan. Buxoro amiri Ab-dulahadxon saroyida xizmat qilgan. Asosan, forsiyda yozgan, koʻproq tazkirasi bilan tanilgan. «Tazkirat ush-shu-aro» (1908)si 2 qism — «Tazkirat ush-shuaro» va «Latoyif ulafkor fi radoif ul-ashʼor»dan iborat. Tazkiraning faqat … Читать далее

PARODIYA

PARODIYA (yun. parodia — zid qoʻshiq) — adabiyot, teatr, musiqa va estrada janri, kulgi sanʼati, hajv va hazil turlaridan biri. Oʻziga xos harakat tar-zi, shuningdek, biror uslub, yoʻnalish, janr yoki muayyan qolipdagi nutq va b. ga hajviy, kinoyaviy va yumor b-n yondashish maqsadini koʻzlab qilingan ongli takdid. Biror sanʼatkor ijodi yoki ayrim asarning uslubiga taklid … Читать далее