MUHAMMAD YaʼQUB BUXORIY

MUHAMMAD YaʼQUB BUXORIY, Muhammad Yaʼqub Kenja ibn Ali Mirzo Buxoriy (taxm. 1771 — 1831) — buxorolik tarixchi olim, mangʻitlar sulolasining amaldagi 2hukmdori Doniyolbiy otaliq (1758—85) ning oʻgʻli. Uning bizgacha «Gulshan ul-muluk» («Podshoxlar gulshani») nomli tarixiy asari yetib kelgan. Asar 1825—31 y. larda yozilgan boʻlib, oʻz mazmuni hamda yozilish uslubi bilan 18-a. oxiri va 19-a. 1-yarmida … Читать далее

MOTSART

MOTSART (Mozart) Volfgang Amadey (1756.27.1, Zalsburg – 1791.5.12, Vena) — avstriyalik kompozitor. Vena klassik maktabining yirik namoyandasi. Sozanda, oʻqituvchi va kompozitor. Leopold Motsartning oʻgʻli va shogirdi. Yoshligidanoq noyob musiqiy isteʼdod va xotira egasi, virtuoz sozanda (pianinochi, skripkachi), mohir dirijyor va kompozitor sifatida tanilgan: 5 yoshidan ilk musiqa asarlarini ijod etgan, 6 yoshdan butun Yevropa boʻylab … Читать далее

MUSHRIF

MUSHRIF (taxallusi; ismi Mirzo Qalandar) (? — Isfara — 1825) — shoir va olim. Qoʻqon madrasasida oʻqigan. 1818-y. dan Umarxon saroyida lashkar qozisi vazifasini bajargan. Muhammad Alixon davrida Isfarada qozi boʻlgan. Forsiy va turkiyda ijod qilgan. Gʻazal va qasidalarida Umarxonni madh etgan, tabiat goʻzalliklarini tasvirlagan, insof va adolatni ulugʻlagan. M. Umarxon taklifi bilan «Shahnomayi nusratpayom» … Читать далее

MUHAMMAD VORIS

MUHAMMAD VORIS (17-a.) – tarixchi va adib. Avrangzeb davrida yashagan. Muhammad Voris «Shoh Jahonnoma» («ShohJahon davri tarixi») va «Zubdat ul-hikoyot» («Hikoyalar sarasi») nomli fors tilida yozilgan asarlar muallifi. «Zubdat ul-hikoyot» bir necha tarixiy asarlar («Tarixi Tabariy», Muhammad Avfiyning «Lubob ul-albob», «Boburnoma», Abulfazl Allomiyning «Tarixi Akbarshohiy» va b.) asosida yozilgan boʻlib, undagi hikoyalarning koʻpchiligi Avrangzebga bagʻishlangan. … Читать далее

MINERAL RESURSLAR INSTITUTI

MINERAL RESURSLAR INSTITUTI, Oʻzbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar Davlat qoʻmitasi tarkibidagi i. t. instituti — geologik i. ch. boʻyicha respublikada yetakchi ilmiy metodik markaz. Oʻrta Osiyo yer osti qazilmalarini keng koʻlamda oʻrganish markazi sifatida 1957-y. da Toshkentda tashkil etilgan. 1994-y. gacha Oʻrta Osiyo mineral resurslari ilmiy tadqiqot in-ti, 1994-y. apr. dan hoz. nomda. Oʻzbekistonning … Читать далее

MINNESOTA UNIVERSITETI

MINNESOTA UNIVERSITETI — AQSH dagi eng yirik oliy oʻquv yurtlari va i. t. markazlaridan biri. 1851-y. tashkil etilgan. Mashgʻulotlar 1869-y. dan boshlangan. Minneapolis, Sent-Pol, Dulut va Morris sh. laridagi 4 kampus (shaxdrcha) larda joylashgan. Veterinariya, ped., farmakologiya, biol., tibbiyot, stomatologiya, jismoniy tarbiya, huquq va b. sohalar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. 55 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi. … Читать далее

TETRALOGIYA

TETRALOGIYA (tetra… va…logiya) — muayyan mazmun asosida birlashtirilgan 4 asar. U adabiy, musiqaviy (odatda, opera) asar boʻlishi mumkin. Mas., R. Vagnerning «Nibyolung halqasi» opera Tetralogiya si. Loading… Пост Навигацияси Previous PostTETEREV Next PostTETRAEDR

MUNIS

MUNIS Xorazmiy (taxallusi; asl ism-sharifi Shermuhammad Amir Avazbiy oʻgʻli) (1778 — Xiva yaqinidagi Qiyot qishlogʻi — 1829) — shoir, tarixnavis, tarjimon, xattot va maʼrifatparvar. Dastlabki maʼlumotni tugʻilgan qishlogʻida olgan, keyinchalik Xiva madrasalarida oʻqigan. 1800-y. da otasi vafot etgach, Avaz Muhammad Inoq M. ni saroyning farmonnavis kotibi qilib tayinlagan. Munis zamonasining mashxur olim, shoir va sanʼatkorlari … Читать далее

MUHAMMADALI XALFA SOBIR OʻGʻLI

MUHAMMADALI XALFA SOBIR OʻGʻLI, Dukchi eshon, Madali eshon (1856, Fargʻona viloyati Chimyon qishlogʻi — 1898.12.6, Andijon) — Andijan qoʻzgʻoloninng rahbari. Oʻrta hol dehqon va hunarmand Muhammad Sobir xalfa oilasida tugʻilgan. Ajdodlari asli qashqarlik boʻlgan. 10 yoshlarida ota-onasi bilan Mingtepa (hoz. Andijon viloyati Marhamash tumanы hududi) yaqinidagi Tojik qishlogʻiga koʻchib kelishgan. Muhammadali xalfa sobir oʻgʻli S. … Читать далее

MUHAMMAD MUROD SAMARQANDIY

MUHAMMAD MUROD SAMARQANDIY (16-a.) — musavvir, Samarqand miniatyura maktabinchng yirik vakili. Oʻziga xos uslubi, yuksak badiiy saviyadagi asarlari bilan Oʻrta Osiyoda miniatyura sanʼati rivojiga katta hissa qoʻshgan. Firdavsiyning «Shohnoma» (1556-y. da koʻchirilgan nusxasini bezagan 115 ta miniatyurasi OʻzFA SHIda), Saʼdiyning «Boʻston» (Dublindagi Chester Bitti kutubxonasida) asarlariga ishlagan miniatyuralari bizgacha yetib kelgan. Muhammad Murod Samarqandiy ijodida … Читать далее