MUSIQALI DRAMA

MUSIQALI DRAMA — 1) musiqa (vokal va cholgʻu) hamda soʻz sanʼatiga asoslangan sax. na asari, musikali teatr janri. Ilk namunalari Sharq (mas, 5-a. Xindiston, 12-a. Xitoy)da shakllangan. Mazkur janr Ozarbayjonda 20-a. boshida, Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda 1920y. larda vujudga kelgan. Musiqali dramada sahna voqealari, qahramonlarning ichki kechinma va holatlari, oʻzaro mu-nosabatlari soʻz, musiqa, dramatik harakat, shuningdek, raqs orqali ifodalanadi, musiqa va soʻz bir-birini toʻldirib, asar mazmunini ochishga xizmat qiladi. Oʻzbekistonda Musiqali drama janri 1910—20 y. lardan milliy adabiybadiiy tomosha sanʼati va musika merosi zaminida shakllana boshladi. Uning tarkib topishida oʻzbek xalq tomoshalarida musiqadan foydalanish tajribalari, shuningdek, ozarbayjon teatrining musiqali dramatik spektakllari muhim rol oʻynadi. Hamzaning «Hoy, ishchilar», «Qarmoq», «Quzgʻunlar» kabi inssenirovkalari, «Fargʻona fojiasi» tetralogiyasi; Gʻulom Za-fariyning «Halima» pyesasi; Xurshidning Navoiy dostonlari asosida yaratilgan «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun» asarlarida Musiqali dramaning oʻziga xos jihatlari mustahkamlana boshladi. Oʻzbek Musiqali dramasi oʻz taraqqiyotida bir necha davrni bosib oʻtdi. Dastavval pyesaga mos musiqa materiali xalq ijodidan saralab olingan boʻlsa, 1930-y. larning boshida S Abdullaning «Poʻrtana», M. Muhamedov va K. Yashinning «Ichkarida» kabi zamonaviy asarlari sahnalashtirilganida xalq musiqa merosi namunalarini qayta ishlashga urgʻu berilgan. Oʻzbek bastakor va kom-pozitorlari Musiqali drama musiqasining ifodaviy imkoniyatlarini kengaytirishdi. «Layli va Majnun» (Navoiyning shu nomli dostoni asosida Xurshid librettosi; T. Sodiqov va N. Mironov musiqasi), «Farhod va Shirin» (Navoiy-Xurshid, V. Uspenskiy), «Gulsara» (K. Yashin; R. Glier) kabi Musiqali dramalar shular jumlasidandir. Musiqali dramaning adabiy va musiqa jihatidan yuksalishida dramaturglardan K. Yashin, S. Abdulla va bastakor T. Jalilovning xizmatlari katta. Ular qalamiga mansub «Nurxon», «Ravshan va Zulxumor» (K. Yashin; T. Jalilov), «Tohir va Zuhra», «Alpomish», «Muqimiy», «Gul va Navroʻz» (S. Abdulla, T. Jalilov) kabi yetuk Musiqali dramalar mavjud. 1950-y. lardan boshlab bu janrda mustaqil ijod qiluvchi oʻzbek kompozitorlari yetishib chikdi: M. Leviyev, A. Muhamedov, S. Boboyev, H. Rahimov. Ik. Akbarov, D. Zokirov, D. Soatqulov, S. Jalil, M. Yusupov, S. Hayitboyev, M. Bafoyev, M. Mahmudov, F. Olimov va b. Ular oʻzbek musiqa merosi, Yevropa professional musiqa uslubi, ifoda vositalari va shakllari (jumladan, ariya, duet va b. ansambllar, xor va raqs sahnalari)ga tayanib, oʻz Musiqali drama larida haqiqiy musiqiy dramaturgiya hosil qilishga intilishdi. Dramaturg, kompozitor va ijrochilarning malakasi oshishi natijasida Musiqali drama zamonaviy professional musiqalidramatik janr darajasiga koʻtarildi va uziga xos xususiyatlariga ega boʻldi. «Vatan ishqi» (3. Fatxullin, Sh. Saʼdulla; S. Boboyev), «Momo yer» (Ch. Aytmatov qissasi asosida T. Tula inssenirovkasi; I. Akbarov musikasi), «Navoiy Astrobodda» (I. Maxsumov; Yu. Rajabiy, S. Jalil), «Prometey» (Yu. Marsinkyavichyus; M. Bafoyev), «Yusuf va Zulayho» (R. Bobojon; F. Olimov), «Kumush shahar malikasi» (I. Sulton; Ik. Akbarov) kabi Musiqali dramalar bunga misoldir. Sof drama kabi Musiqali drama ham musikali drama, musiqali fojia, musikali komediya kabi turlarni oʻz ichiga oladi. Oʻzbek kompozitorlari ijodidan katta urin olgan musiqali komediyani musiqashunoslar mustaqil janr sifatida tadqiq qiladilar;

2) operaning dastlabki nomlaridan biri (ital. dramma in musica, dramma (perla) musica). 16-a. oxiri — 17-a. boshlarida Italiya (mas, K. Monteverdi ijodi)da paydo boʻlgan. 1639-y. paydo bulgan yangi «opera» nomi Musiqali drama urnini egallay boshlagan. 19-a. oʻrtalarida R. Vagner oʻzining yuksak musiqali-dramatik rivojiga ega boʻlgan «Nibelunglar uzugi» tetralogiyasi, «Tristan va Izolda», «Parsifal» operalarini Musiqali drama deb taʼriflagan, Musiqali drama Musorgskiy esa «Boris Godunov», «Xovanshchina» kabi asarlarini xalq Musiqali drama lari deb atagan.

Ad.: Jabborov A., Musikiy drama va komediya janrlari Oʻzbekiston kompozitorlarining ijodiyotida, T., 2000.

Ahmadjon Jabborov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x