MUʼINIDDIN NATANZIY

MUʼINIDDIN NATANZIY (14-a 2-yarmi — 15-a. boshi) — tarixchi olim. Eronning Isfahon viloyatidagi Natanz qasabasidan. Davlatshoh Samarqandiynint «Tazkirat ush-shuaro» («Shoirlar tazkirasi») asarida yozishicha, 15-a. boshlarida Sherozda Mirzo Iskandar saroyida Haydar Xorazmiy, Hofiz Xorazmiy kabi shoirlar bilan birga Muʼiniddin Natanziy ham yashab, ijod qilgan. 1414-y. dan Hirotda yashagan. Bizgacha Muʼiniddin Natanziyning fors tilida yozilgan «Muntaxab uttavorixi Muʼiniy» («Muʼiniyning saylanma tarixi») nomli asari yetib kelgan. Bu asar eng qad. zamonlardan Amir Temur vafotigacha boʻlgan davrdagi Markaziy Osiyo va b. bir qator oʻlkalar tarixiga bagʻishlangan.

«Muntaxab uttavorixi Muʼiniy»ning qoʻlyozma nusxalari Angliya, Fransiya, Rossiya va Eron kutubxonalarida saqlanadi. Asarning ilmiy jihatdan ahamiyatli boʻlgan soʻnggi qismlari (asosan, 13—14-a. lar tarixi) matni fransuz sharqshunosi Jan Oben tarafidan 1957-y. da Tehronda chop qilingan. Shuningdek, asardan ayrim parchalar fransuz, rus va oʻzbek tillariga tarjima qilinib, turli toʻplamlarda nashr etilgan.

Ld.: Ahm yedov B. A., Oʻzbekiston xalqlari tarixi manbalari, T., 1991; Amir Temur va Ulugʻbek zamondoshlari xotirasida, T., 1996; Amir Temur jahon tarixida [2nashri], T., 2001.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x