TOʻXTAMISH

TOʻXTAMISH, Toʻxtamishxon (1342—1408) — Oltin Oʻrda hukmdori (1380 — 97). Joʻjixon naslidan boʻlmish Toʻyxojaning oʻgʻli. Otasi 1375-y. Oq Oʻrda hukmdori Urusxon tomonidan qatl etilgandan soʻng Toʻxtamish Amir Temur huzuriga (1376) keladi va Sohibqironning begʻaraz madadi tufayli avval Oq Urda (1377), keyin Mamay qoʻshinlarining Kulikovo jangada yengilgʻanidan foydalanib Oltin Urda taxtini qoʻlga kiritadi (1380). Toʻxtamish ichki … Читать далее

ESKI OʻZBEK TILI

ESKI OʻZBEK TILI — turkiy tillartsht qarluq guruhiga mansub tillardan biri; mahalliy turkiy lahjalar negizida oʻzidan oldingi davrlar (mas, qoraxoniylar — 11 —12-asrlar; Oltin Oʻrda — 13—14-asrlar)ning adabiylisoniy anʼanalari taʼsiri ostida shakllangan va 14-asr 2-yarmidan 19-asr oxirlarigacha mavjud boʻlgan yozma kitobiy til. Oʻzbek tili tarixini davrlashtirish va bunda Eski oʻzbek tilining oʻrni va qaysi davr … Читать далее

ELCHI

ELCHI — 1) bir davlatning boshqa bir davlatdagi elchixonasiga rahbarlik qiluvchi diplomatik vakil. Tarixiy manbalarda bir davlat hukumati tomonidan ikkinchi davlat hukumatiga diplomatik vazifa bilan yuboriladigan doimiy yoki muvaqqat vakil Elchi gina emas, balki yalavoch, yalafar, rasul atamalari bilan ham ifodalangan. Muxtor vakil hisoblanmish Elchi zimmasiga diplomatik aloqalar oʻrnatish, davlatlar yoxud dushman tomonlar oʻrtasida tinchlik … Читать далее

BERKAXON

BERKAXON (rus solnomalarida — Berkay) (12091266) Oltin Oʻrda xoni (1255—66). Chingizxonning nabirasi, Joʻjixonning uchinchi ugʻli, Botuxonning ukasi. Berkaxon uz davlatining harbiyiqtisodiy qudratini oshirish uchun hunarmandchilik va savdo-sotiqni rivojlantirishga katta ahamiyat bergan, shu maqsadda u 1257-y. bosqoqlik harbiysiyosiy tashkilotini tuzib, uning vositasi bilan Oltin Oʻrdaga tobe yerlarda, jumladan Rusda mahalliy hokimiyat ustidan nazorat oʻrnatgan, aholini yalpi … Читать далее

OʻZBEK ULUSI

OʻZBEK ULUSI — Dashti Qipchoqning sharqiy qismi (Janubiy Gʻarbiy Sibir) da Abulxayrxon asos solgan (1428) davlat va uning aholisi. «Oʻzbek ulusi» atamasi Oʻzbekxon nomi bilan bogʻliq. Poytaxti — Chingi-Tura (hoz. Tura) shahri 1428—46 yillarda Oʻzbek ulusiga Orol dengizining shim. qirgʻoqlaridan to Irtish daryosining oʻrta oqimlarigacha, sharqda Sarisu va Chu daryolaridan gʻarbda Yoyiq (Ural) daryosining soʻl … Читать далее

OʻZBEKLAR

OʻZBEKLAR — xalq, Oʻzbekiston Respublikasi aholisining asosiy qismini tashkil etadi. Oʻzbeklar nafaqat Oʻzbekiston, balki Oʻrta Osiyodagi eng koʻp sonli xalqdir. Oʻzbekistonda (20 mln. 800 ming kishi, 2005), Tojikistonda (1,2 mln. dan ziyod), Qirgʻizistonda (550—600 ming kishi), Qozogʻistonda (320—330 ming kishi),Turkmanistonda (320—330 ming kishi) yashaydi. Bundan tashqari, Afgʻonistonda (2,5 mln. dan 4 mln. gacha), RFda (taxm. … Читать далее

OʻTAMISH HOJI

OʻTAMISH HOJI Mavlono Muhammad Doʻst oʻgʻli (16-asr) — tarixchi olim. Xiva xoni Elbarsxon saroyida mirzalik qilgan. U Xorazm va Oltin Oʻrdaning jan. hududlarida (Kaspiy dengizi va Quyi Volga boʻylari) koʻp marta sayohatda boʻlgan va tarixiy asar yozish uchun materiallar toʻplagan. Oʻtamish hoji «Chingiznoma» asarini shayboniylardai Esh Sulton (1558-yilv. e.)ga bagʻishlagan boʻlib, bu asar 16-asr Xiva … Читать далее

OLTIN OʻRDA

OLTIN OʻRDA, Joʻji ulusi — 13-a. ning 40-y. lari boshida Joʻjixonning oʻgʻli Botuxon (1238—1255) tomo-nidan asos solingan davlat. 1224-y. Joʻji ulusi Xorazm, Shim. Kavkazdan iborat edi. 1236—40 y. larda Botuxonning yurishlari natijasida Volga bulgʻorlari yurti, Dashti Qipchoq, Qrim, Gʻarbiy Sibir, Oltin Oʻrdaga qoʻshib olindi. Rus knyazlari Oltin Oʻrdaga karam boʻlib, xiroj toʻlab turganlar. Rus manbalarida … Читать далее

KALKA JANGI

KALKA JANGI — Ukrainaning Donesk viloyatidagi Kalka (hoz. Kalchik) daryosi irmogʻi Kalmius boʻyida rus knyazlari va qipchoq qoʻshinlari bilan moʻgʻul qoʻshini oʻrtasida boʻlgan jang (1223-y. 31 may). Bu jangda Galich knyazi Mstislav Udaloy boshchiligida rus qoʻshini va qipchoqxoni Kotyan (Mstislavning qaynotasi) birgalikda moʻgʻullarning Jebe noʻyon va Subutoy bahodir boshchiligidagi tumanlariga (20 ming jangchi) qarshi turgan. … Читать далее

QALMOGʻISTON

QALMOGʻISTON, Qalmogʻiston Respublikasi (Xalmg-Tangch) — Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi respublika. Rossiya Yevropa qismining jan. da joylashgan. Mayd. 76,1 ming km2. Aholisi 292,4 ming kishi (2002). Poytaxti — Elista shahri Maʼmuriy jihatdan 13 tuman, 3 shahar, 6 shaharchaga boʻlinadi. Davlat tuzumi. Q — respublika. Respublika boshligʻi — prezident. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Xalq Xurali (parlament), ijrochi hokimiyatni rais … Читать далее