OʻTAMISH HOJI

OʻTAMISH HOJI Mavlono Muhammad Doʻst oʻgʻli (16-asr) — tarixchi olim. Xiva xoni Elbarsxon saroyida mirzalik qilgan. U Xorazm va Oltin Oʻrdaning jan. hududlarida (Kaspiy dengizi va Quyi Volga boʻylari) koʻp marta sayohatda boʻlgan va tarixiy asar yozish uchun materiallar toʻplagan.

Oʻtamish hoji «Chingiznoma» asarini shayboniylardai Esh Sulton (1558-yilv. e.)ga bagʻishlagan boʻlib, bu asar 16-asr Xiva xonligida (turkiy tilda) yozilgan yagona adabiytarixiy yodgorlik hisoblanadi. Asar muqaddima va 9 bobdan iborat boʻlib, Chingizxon va chingiziylar (xususan, xoʻja avlodlari) tarixiga oid koʻplab tarixiy rivoyatlarni oʻzida toʻplaganligi hamda Oltin Oʻrda xonlari va oʻgʻlonlar (xonzodalar) faoliyati haqida nodir maʼlumotlar berishi bilan qimmatlidir. «Chingiznoma» asari qoʻlyozmasi Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik instituti (^ 1552) da saqlanadi. Asar sharqshunos V. P. Yudin (1928 — 83) tomonidan rus tiliga tarjima qilingan va keyinchalik u faksimilesi hamda tegishli izohlar bilan chop etilgan (Olmaota, 1992).

As: Chingizname (faksimile, perevod, transkripsiya, tekstologicheskiye primechaniya, issledovaniye V. P. Yudina), AlmaAta, 1992.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x