TOʻXTAMISH

TOʻXTAMISH, Toʻxtamishxon (1342—1408) — Oltin Oʻrda hukmdori (1380 — 97). Joʻjixon naslidan boʻlmish Toʻyxojaning oʻgʻli. Otasi 1375-y. Oq Oʻrda hukmdori Urusxon tomonidan qatl etilgandan soʻng Toʻxtamish Amir Temur huzuriga (1376) keladi va Sohibqironning begʻaraz madadi tufayli avval Oq Urda (1377), keyin Mamay qoʻshinlarining Kulikovo jangada yengilgʻanidan foydalanib Oltin Urda taxtini qoʻlga kiritadi (1380).

Toʻxtamish ichki nizolarga barxam berib, 7 yil ichida Oltin Urda davlat birligini qayta tiklashga erishadi. Sirdaryodan Dnestrgacha, Sigʻnoq va Utrordan Kiyevgacha choʻzilgan ulkan saltanatning xoniga aylanadi. Unga qarshi bosh koʻtargan rus knyazliklari xamda litvaliklarni magʻlubiyatga uchratadi. 1382-y. hiyla bn Moskvani oladi, shaharni talontoroj qilib yoqib yuboradi. Muvaffaqiyatlardan maʼlum darajada esankiragan Toʻxtamish Amir Temur saltanati hududlarini qoʻlga kiritishga oshiqadi. Amir Temurning gʻarb safaridaligidan (1381) foydalanib, Ozarbayjon hamda Movarounnahrga bostirib kiradi, Samarkand va Buxoroni qamal qiladi. Lekin bu shaharlarni olishni uddasidan chiqolmaydi. 1388-y. ning fev. da Sohibqiron qoʻshini bn Toʻxtamishga qarshi Sherozdan yoʻlga chiqadi. T. Amir Temur bn yuzmayuz toʻqnashishdan voz kechib, zudlik bn Dashti Qipchoqqa qaytib ketadi. 1391—95 y. larda T. Sohibqiron bn boʻlgan Qunduzcha hamda Terek daryosi boʻyidagi janglarda magʻlubiyatga uchragan. Oltin Urda poytaxti Saroyni ishgʻol qilgan Amir Temur qochoq Toʻxtamish oʻrniga Temur Qutlugʻni xon etib koʻtaradi. 1397 — 99 y. larda Toʻxtamish Litva qiroli Vyutaytas yordamida Temur Qutlugʻ va Idiqu (Yedigey)ga qarshi olib borilgan harbiy harakatlarda muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Temur Qut))ugʻ vafotidan (1401) keyin T. Oltin Urda taxtini qayta egallash harakatida boʻldi. 1408-y. Tyumen sh. atroflarida qoʻlga tushirilgan. T. Idiqu tomonidan oʻldirilgan.

Hamidulla Dadaboyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x