MANGU TEMUR

MANGU TEMUR — Oltin Oʻrda xoni (1266—82). Otasi Toʻgʻon, Botuxonning 2-oʻgʻli boʻlgan. Uning davrida moʻgʻullar Vizantiya (taxm. 1269—71), Litva (1275), Kavkaz (1277) ga harbiy yurishlar qilishgan. Bu yurishlarda ayrim rus knyazlari ham ishtirok etishgan. Mangu Temur rus cherkovining Oltin Oʻrdaga soliq toʻlashdan ozod etilgani haqida birinchi boʻlib yorliq bergan. Mangu Temur davrida genuyaliklarning Qrimdagi savdo … Читать далее

MOSKVA QOʻZGʻOLONI

MOSKVA QOʻZGʻOLONI (1382) – Oltin Oʻrda xoni Toʻxtamishning yurishi vaqtida Moskvani tashlab qochgan zodagonlar va knyazlik maʼmuriyati xodimlariga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolon. Kulikovo jangi (1380)dan soʻng, Oltin Oʻrda oʻz mavqeini tiklash uchun Toʻxtamish boshchiligida Rus yerlariga hujum qilishga qaror qilgan. Moʻgʻullarning yaqinlashib kelayetganidan xabar topgan Moskva knyazi D. I. Donskoy koʻngilli askarlar toʻplash uchun Kostromaga joʻnagan. … Читать далее

MUHAMMAD JAHONGIR MIRZO

MUHAMMAD JAHONGIR MIRZO, Jahongir Mirzo (1356-y. yozi — 1376-y. oʻrtalari) — Amir Temurinnt toʻngʻich oʻgʻli. 1355-y. Sohibqiron amir Qazagʻonning nabirasi, Husayn ibn Musallabnint singlisi Oʻljoy Turkon ogʻoga uylanadi. 1356-y. yozida ularning nikohidan Muhammad Jahongir Mirzo tugʻiladi. Oʻljoy Turkon ogʻo 1366-y. oxirida vafot etadi. Sohibqironning bu xotinidan Muhammad Jahongir Mirzodan tashqari qizi Sultonbaxt begim ham bor … Читать далее

MAMAY

MAMAY (? – 1380) – Oltin Oʻrda xoni Berdibek davri (1357—61) moʻgʻullar tumanboshisi. Xonning kuyovi boʻlgan. Mamay amalda Oltin Oʻrdaning hukmdoriga aylangan. U Chingizxon avlodidan boʻlmasada, hokimiyatni qoʻgʻirchoq xonlar nomidan olib borgan. Saltanatning qudratini tiklash maqsadida rus yerlariga bir qancha harbiy yurishlar qilgan. Mamay 14-a. oʻrtalarida Oltin Urda hududining atrofidagi rus yerlarini oʻziga boʻysundirgan. Moskva … Читать далее

XOʻJANDIY

XOʻJANDIY (14-a. ning 2-yarmi Xoʻjand — 15-a. boshlari) — shoir, dunyoviy adabiyot vakillaridan biri. X. haqida biografik maʼlumotlar saklanmagan. Bizgacha uning «Latofatnoma» asari yetib kelgan. Asar Xorazmiyshsht «Muhabbatnoma»siga nazira tarzida yozilgan. Doston oʻnta noma (maktuba)dan iborat. Asarda sevgi tarannum etilib, visol ishtiyoqi va hijron iztiroblari tasvirlangan. Tilar boʻlsang jahon ichra amorat. Faqirlar koʻnglini qilgin imorat … Читать далее

SAROYBOTU

SAROYBOTU, Eski Saroy (yilnomalarda — Katta saroy) — Botuxon tomonidan qurdirilgan shahar (1254). Dastlab Oltin Oʻrdattt asosiy siyosiy markazi hisoblangan. Saroybotuda koʻplab saroylar, masjidlar, hunarmandchilik dahalari (Cherepyanoye pole) va b. boʻlgan. Saroybotu atrofida katta nekropol joylashgan. Oltin Oʻrda xonlarining oʻzaro kurashi va Amir Temurning yurishi (1395) natijasida qattiq shikastlangan. 1480-y. uzilkesil vayronaga aylangan. 18-a. shahar … Читать далее

TATARISTON

TATARISTON (Tatarstan), Tatariston Respublikasi — Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi respublika, Sharqiy Yevropa tekisligida joylashgan. Mayd. 68 ming km2, Aholisi 3,8 mln. kishi (2002). Poytaxti — Qozon sh. 43 tuman, 20 shahar, 20 shaharcha bor. Davlat tuzumi. Tatariston — respublika. Davlat boshligʻi prezident. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Davlat kengashi (parlament), ijrochi hokimiyatni Vazirlar Mahkamasi (hukumat) amalga oshiradi. Tabiati. … Читать далее

KOʻHNA URGANCH

KOʻHNA URGANCH — Turkmanistonning Toshhovoʻz viloyatidagi shahar (1986-y. dan). Koʻhna Urganch tumanining maʼmuriy markazi. Xoʻjayli t. y. stansiyasidan 35 km, Toshhovoʻz sh. dan 105 km shim.gʻarbda. Aholisi 31,4 ming kishi (2000). Koʻhna Urganchda paxta tozalash, sut, yogʻ-ekstraksiya z-dlari, Toshhovoʻz gilam f-kasining filiali, aloqa boʻlimi, savdo, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari ishlab turibdi. 7 umumiy taʼlim maktablari, … Читать далее

TEMURIYLAR HARBIY SANʼATI

TEMURIYLAR HARBIY SANʼATI — jahon gʻarbiy sanʼagi rivojiga Amir Temur va uning avlodlari, xususan, Bobur qoʻshgan salmoqli hissa. Bu mutaxassislar, sarkardalar tomonidan gʻakli ravishda eʼtirof etilgan. Buyuk lashkarboshi va novator harbiy tashkilotchi hisoblanmish Sohibqiron intizomli armiya tuzishga, jang paytida qushin qismlarini oqilona boshqarishga, jang taqdirini hal qiladigan joylarga gʻarbiy kuchlarni tezkorlik bilan yoʻllashga, mavjud toʻsiq … Читать далее

OʻZBEKXON Sulton Muhammad

OʻZBEKXON Sulton Muhammad (taxm. 1282—1342) — Oltin Oʻrda xoni (1312—42). Mangu Temurxonning nevarasi. 1313 yil amakisi Toʻqtayxon (Toʻxta) vafotidan soʻng nufuzli amirlar Qutlugʻ Temur va Isatoybek qiyot yordamida taxtga oʻtirgan. Islomni davlat dini sifatida joriy etgan, gʻayridinlarni qattiq taʼqib etgan. Bu amirlarning isyoniga olib kelgan, biroq u beayov bostirilgan. Oltin Oʻrdadagi ichki nizolarga chek qoʻygan, … Читать далее