BERKAXON

BERKAXON (rus solnomalarida — Berkay) (12091266) Oltin Oʻrda xoni (1255—66). Chingizxonning nabirasi, Joʻjixonning uchinchi ugʻli, Botuxonning ukasi. Berkaxon uz davlatining harbiyiqtisodiy qudratini oshirish uchun hunarmandchilik va savdo-sotiqni rivojlantirishga katta ahamiyat bergan, shu maqsadda u 1257-y. bosqoqlik harbiysiyosiy tashkilotini tuzib, uning vositasi bilan Oltin Oʻrdaga tobe yerlarda, jumladan Rusda mahalliy hokimiyat ustidan nazorat oʻrnatgan, aholini yalpi roʻyxatga olib, soliq undirish sistemasini tartibga solgan. Mugʻullar Eronni bosib olib, Bagʻdodni zabt etgach (1258), B. Ozarbayjonni Oltin Oʻrdaga qoʻshib olish maqsadida hulokuiylarta qarshi kurash boshlagan, bu borada u oʻziga ittifoqchi izlab Misr sultoni Beybars bilan yaqin diplomatik aloqalar oʻrnatgan. 1264-y. B. Hulokuxonga qarshi qoʻshin tortib, uni Kura daryosi sohilida magʻlub etgan, ammo 1265-y. Ozarbayjonga yana yurish qilganda toʻsatdan vafot etgan. Berkaxon hukmronligi davrida Oltin Oʻrda aholisi islom diniga kiritila boshlagan, ikkinchi poytaxt —ʻ Saroy Berka qurilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x