VOHA CHIGIRTKASI

VOHA CHIGIRTKASI, italiya chigirtkasi (Calliptamus italicus L.) — chigirtkalar oilasiga mansub zararkunanda hasharot. Erkagi tanasining uz. 14,5—24 mm, urgʻochisiniki 24—41 mm. Baquvvat tanasi toʻq qoʻngʻirdan och kulrang yoki sargʻish kulranggacha. Tuxumli koʻzachasining kattaligi 14—41 mm boʻlib, koʻpincha uvatlarga, dala, yoʻl chetlari, partav yerlardagi chimga qoʻyadi. Yevropa, Shim. Afrika, Xitoy, Kavkaz, Gʻarbiy Sibir, Jan. Oltoy oʻlkasi, … Читать далее

BOYAZID I

BOYAZID I Yildirim (13591403) usmonlilar sulolasita mansub Turkiya sultoni (1389—1402), sulton Murodxon I (1359—89) ning toʻngʻich oʻgʻli, sulton Oʻrxon (1326—59) ning nabirasi. Otasi Kosovo jangida halok boʻlgach, 30 yoshida taxtga oʻtirgan. Boyazid I otabobolari siyosatini davom ettirib, tez orada Dunay boʻyi davlatlarini oʻziga boʻysundirdi. Soʻng, Vizantiya imperatori Ioann b-n uning oʻgʻli Andronik oʻrtasidagi ixtilofdan foydalanib, … Читать далее

VINOCHILIK

VINOCHILIK — uzum va b. mevalar sharbatini turpsiz yoki turpi bilan bijgʻitib vino tayyorlash. Oʻzbekistonda vino O k, kishmish, Baxtiyoriy, Bihishti, Buvaki, Doroyi, Sultoniy (Jaus), Soyaki, Toyfi, Husayni, Vassargʻa, Tagobi, Nimrang, Parkent, Kattaqoʻrgʻon kabi mahalliy navlardan; Bayan shirey, Venger muskata, Oporto, Risling, Rkatsitelli, Sersial, Aleatiko, Kaberne, Pino, Morastel, Murvedr, Pushti muskat, Saperavi, Tavkveri kabi Yevropa … Читать далее

VILYAMS

VILYAMS, Bon Kretyan Vilyame, Bertlet — serhosil oʻrtapishar nok navi. 1796-y. da Angliyada tasodifiy topilgan koʻchatdan chiqarilgan. Oʻrta Osiyo, Rossiyaning jan., Ukraina, Zakavkazye va b. joylarda r-nlashtirilgan. Daraxti oʻrtacha kattalikda (25—30 yoshida bal. 6,5 m, shox shabba kengligi 6,5 m ga yetadi), serbarg, novdalari yoʻgʻon, och sariq. Barglari yirik, gullari oʻrtacha. Mevasi yirik, choʻziqroq. Sirti … Читать далее

BOSHLANGʻICH MAKTAB

BOSHLANGʻICH MAKTAB — bolalarga boshlangʻich umumiy maʼlumot beradigan umumtaʼlim oʻquvtarbiya muassasasi. Uning vazifasi oʻquvchilarda yozish, oʻqish, hisoblash malaka va koʻnikmalarini hosil qilish, tabiat va jamiyat haqida ilk bilimlar berish, xulqodobga oʻrgatishdir. Hoz. Oʻzbekiston hududida dastlabki Boshlangʻich maktab —maktabxonalar arab xalifaligi tomonidan Oʻrta Osiyo yerlari bosib olingandan keyin (7-a.) mahalliy xalq va ularning bolalarini musulmon ruhida … Читать далее

BOLGʻA

BOLGʻA — zarb berish uchun ishlatiladigan dastaki qurol. Kallak va dastadan iborat. Bolgʻa kallagi, odatda, uglerod (0,4—0,6%S) li poʻlatdan, dastasi asosan yogʻochdan yasaladi. Kallakning har ikki tomoni toblanadi. Bolgʻa larning turli xillari.,mas, yogʻoch B., yumshoq muhrali Bolgʻa, tepmaydigan (urganda sakrab ketmaydigan) Bolgʻa, xavfsiz (zarb paytda detalni berkitib turuvchi) Bolgʻa bor (rasm). Miskarlikda: 1) xoyis (xoyisk) … Читать далее

BOLALAR ADABIYOTI

BOLALAR ADABIYOTI — bolalar va oʻsmirlar uchun yaratilgan badiiy, ilmiy, ilmiyommabop va publitsistik asarlar majmui. Bularning asosiy kismini badiiy asarlar tashkil etadi. Jahon xalqlari, shu jumladan oʻzbek xalqi Bolalar adabiyoti tez aytish, topishmoq, oʻyin qoʻshiklari, rivoyat, afsona, ertak, makal, masal va doston singari aksariyat qismi bolalarga moʻljallab yaratilgan ogʻzaki ijod namunalaridan boshlanadi. Bolalar adabiyotini bevosita … Читать далее

BRONXOGRAFIYA

BRONXOGRAFIYA (bronx va yun. Grapho — yozaman) — hiqildoq (traxeya) va bronx yoʻllariga kontrast modda yuborib, rentgenologik tekshirish usuli. Birinchi marta 1918-y. oʻtkazilgan. Bronx, oʻpka, qorin boʻshligʻi aʼzolari kasalliklari va b. ga tashhis qoʻyishda qoʻllaniladi. Bronxografiya qilish lozimligi yoki mumkin emasligini vrach belgilaydi, bunda albatta bemorning umumiy ahvoli va kasalligi hisobga olinadi (yana q. Bronxoskopiya). … Читать далее

BOGʻ TUZISH SANʼATI

BOGʻ TUZISH SANʼATI, bogʻdorlik sanʼati — xiyobon, bogʻ, park, chorbogʻ va b. koʻkalamzorlashtirilgan joylar yaratish sanʼati. Meʼmoriy rejasi, tarkibidagi koʻshklari, hovuzlari, xilmaxil daraxtlari, chamanlari bilan meʼmorlikda alohida oʻrin tutadi. Doim oʻz tusini oʻzgartirib turuvchi yirik dovdaraxtlarning tabiat hamda badiiy ijod bilan uygʻunlashuvi Bogʻ tuzish sanʼatining oʻziga xos xususiyatidir. Bogʻ tuzish sanʼatida mahalliy iklim, boʻrtma tasvir, … Читать далее

BOSH SUV OLISH INSHOOTI

BOSH SUV OLISH INSHOOTI — daryodan kanallarga toʻgʻonsiz suv olish joyida quriladigan inshoot. Bosh suv olish inshooti oʻrnini belgilashda asosan daryoning qirgʻoq sharoiti hisobga olinadi (daryo qirgʻogʻining tuproq tarkibi, yemirilish xususiyatlari toshqin vaktida daryo suvining koʻtarilish sathi va b.). Agar daryo qirgʻogʻi suv olish joyida yemirilmaydigan mustahkam boʻlsa, u holda Bosh suv olish inshooti bevosita … Читать далее