VAZIR

VAZIR (arab. — yuk koʻtaruvchi) — oʻrta asrlarda Yaqin va Oʻrta Sharq davlatlarida, shu jumladan Oʻrta Osiyo xonliklarida hukumat idorasi yoki kengashi (devon) boshligʻi. Vazirlar vaziri aʼzam rahbarligida davlatni idora etish vazifalari bilan shugʻullangan. Vazirlar podshoh, xon viloyat hokimligiga tayinlagan shahzoda va xonzodalarning yordamchilari hisoblangan. Arab xalifaligida Vazir lavozimini 1-bulib xalifa al-Mansur (754—775) joriy etgan. … Читать далее

VERTOLYOT

VERTOLYOT — tikka koʻtariladigan va qoʻnadigan havodan ogʻir uchish apparati; unda koʻtarish kuchini bitta yoki bir nechta (koʻpincha, ikkita) eltuvchi vint vujudga keltiradi. Vertolyot turgan joyidan koʻtariladi, tikkasiga pastlab qoʻnadi, osmonda bir joyda muallaq turishi, vertikal oʻq atrofida istalgan tomonga burilishi, xohlagan yoʻnalishda toʻgʻri uchishi mumkin. Vertolyotni ninachiga qiyosan yasashga koʻp urinishlar boʻlgan. Dastlabki urinish … Читать далее

BYUNYUEL

BYUNYUEL (Bunyuel; Bunuel) Luis (1900.22.2, Kalanda—1983) — ispan kinorejissyori. 1924-y. dan Parijda yashagan va A«vangard» harakatida qatnashgan. Birinchi mustaqil ishlari — «Andaluz kuchugi» (1928, ssenariysi S. Dal bilan hamkorlikda), «Oltin asr» (1930) filmlari syurrealizm ruhida ishlangan. 1932-y. Ispaniyada realistik hujjatli film («Nonsiz yer»)ni ekranlashtirdi. 1946—55 y. lar Meksikada yashadi va 1960-y. da yana Ispaniyaga qaytib … Читать далее

BESHIK TOʻYI

BESHIK TOʻYI — Yaqin va Oʻrta Sharq, Oʻrta Osiyo xalqlari, jumladan oʻzbeklar oilasida toʻngʻich farzand tugʻilishi sharafiga oʻtkaziladigan tantanali marosim. Bu udum Oʻzbekiston viloyatlarida oʻziga xos xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Beshik chaqaloqning ona qarindoshlari—bobosi, buvisi, togʻa va xolalari tomonidan qilingan. Beshik udumi bilan bogʻliq chaqaloqqa kerakli barcha buyumlar tayyorlangan. Dasturxonga non, patir va anvoi … Читать далее

BAHROM JALOYIR

BAHROM JALOYIR (7-1373) chigʻatoy ulusi beklaridan, jaloyir urugʻidan. 1361-y. oxirida Amudaryo boʻyida AiMHp Temur qoʻshini safiga kelib qoʻshilgan. Lekin Jeta xoni Tugʻluq Temurdan hayiqib Hindistonga qochgan. 1362-y. Badaxshonda yana Amir Temurga kelib qoʻshilgan va bir muddat moʻgʻullarga qarshi kurashlarda qatnashgan, biroq 1365-y. oxirida butun urugʻini olib Jetaga ketgan. U yerda bir yilcha turgach, yana Amir … Читать далее

BANDIXON

BANDIXON — qishloq. Surxondaryo viloyati Bandixon tumani markazi. Tuman hududining jan.-gʻarbida. Yaqin t. y. stansiyasi — Qumqoʻrgʻondan 30 km, Termizdan 100 km shim. da. Qishloq yaqinidan Oqqopchigʻay arigʻi oʻtgan. Aholi uchun ichimlik suvi magistral quvur orqali Xoʻjaipok daryosidan keltiriladi. Aholisi asosan q. x. bilan shugʻullanadi. Bandixonda tarixiy-arxeologik yodgorliklar — Bandixontepa I, II, Kindiktepa, Gʻozimullatepa, Yalangtoʻshtepa … Читать далее

BAYZO

BAYZO (arab. — oq rangli, yaltiroq) — qad. poʻlatning bir turi. Sifat jihatdan isfahon poʻlatidan (q. Bulat) soʻng 2-oʻrinda turadi. Bayzo olish uchun teng miqdordagi temir va oddiy poʻlat oʻtda qizdirilib, sandonga ikkisi ustmaust qoʻyiladi, bolgʻa va bosqon bilan urib yoyiladi. Sovigach, yana qizdirilib, buklab, urish davom ettiriladi. Bu jarayon temirning taxm. oʻndan bir qismi … Читать далее

BAKTERIOSTAZ

BAKTERIOSTAZ (bakteriyalar va yun. stasis — toʻxtab qolish) — noqulay fizik va kimyoviy omillar taʼsir etishi yoki oʻsish uchun qulay sharoit yoʻqligi tufayli bakteriyalarning oʻsib rivojlanishdan qisman yoki batamom toʻxtashi. Bakteriostazda bakteriyalar zaharli moddalar chiqarmay qoʻyadi, tibbiyotda ximioterapevtik vositalarning qoʻllanilishi ana shunga bogʻliq. Turli bakteriostatik moddalar va fizik omillar (yuqori osmotik bosim, nur, past t-ra … Читать далее

VEDALAR

VEDALAR (sanskritcha veda — bilim) — Hindiston yozma adabiyotining qad. yodgorligi. Mil. av. 2-ming yillikning oxiri — 1-ming yillikning boshida yaratilib, Vedalar toʻplamlari deb nomlanadi. Bu madaniy yodgorlikdan bizgacha 4 ta kism (samhita): «Rigveda» (qasida, madhiya, duolar toʻplami), «Samaveda» (qoʻshiqlar toʻplami), Ayurveda yoki Yajurveda (qurbonlik qilish yoʻllari), Atharvaveda (sehrli duolar toʻplami) yetib kelgan. Veda adabiyoti … Читать далее

VAQT OʻLCHOV BIRLIKLARI

VAQT OʻLCHOV BIRLIKLARI — vaqtni belgilashda qoʻllaniladigan birliklar — asr, yil, oy, kecha-kunduz (sutka), soat, daqiqa, sekund (lahza), shuningdek vaqtning 12 yillik davr — muchal yil hisobi; 60 yillik davr va b. oʻlchov birliklari (yana q. Shamsiya. Qamariya, Hijriy yil hisobi). Loading… Пост Навигацияси Previous PostVAQT NORMASI Next PostVAQTBAY ISH HAQI