BOYAZID I

BOYAZID I Yildirim (13591403) usmonlilar sulolasita mansub Turkiya sultoni (1389—1402), sulton Murodxon I (1359—89) ning toʻngʻich oʻgʻli, sulton Oʻrxon (1326—59) ning nabirasi. Otasi Kosovo jangida halok boʻlgach, 30 yoshida taxtga oʻtirgan. Boyazid I otabobolari siyosatini davom ettirib, tez orada Dunay boʻyi davlatlarini oʻziga boʻysundirdi. Soʻng, Vizantiya imperatori Ioann b-n uning oʻgʻli Andronik oʻrtasidagi ixtilofdan foydalanib, Andronikka harbiy yordam koʻrsatdida, uni Vizantiya taxtiga oʻtqazdi, Ioanni esa zindonga tashladi. Ammo, ikki yildan soʻng (1394) Andronikni taxtdan tushirib, Ioanni yana taxtiga oʻtqazib qoʻydi. Shunday qilib, B. Vizantiyani butunlay oʻziga qaram qilib oldi. Keyin, Boyazid I 1395—96 y. larda Bolgariya, Makedoniya, Fessaliyani fath etdi, Gretsiyaga bostirib kirib Argos sh. ni butunlay vayron qildi, Bolqon arxipelagidagi orollarga chopqun qilib, Moreya va Vengriyaga tahdid sola boshladi. Shunda Bogemiya va Vengriya qiroli Sigizmund I (1368—1437) turli mamlakatlardan katta qoʻshin toʻplab Boyazid Iga qarshi yurish qildi, ammo 1396-y. 28 sent. da Nikopol sh. yonida (Dunay boʻyida)gi jangda tormor keltirildi (q. Salib yurishlari). Jangdan soʻng, Boyazid I asir olingan 3 ming kishini qatl ettirdi. Boyazid I bu yirik gʻalaba tufayli Bosniya, Vengriyani ham qoʻlga kiritib, Bolqon ya. o. da oʻz mavqeini mustahkamlab oldi. Biroq, ketmaket qozongan gʻalabalaridan kibrlanib ketgan Boyazid I Anqara jangiaa Amir Temur tomonidan butunlay tormor etilib, oʻzi asir olindi va koʻp oʻtmay vafot etdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x