BOSHLANGʻICH MAKTAB

BOSHLANGʻICH MAKTAB — bolalarga boshlangʻich umumiy maʼlumot beradigan umumtaʼlim oʻquvtarbiya muassasasi. Uning vazifasi oʻquvchilarda yozish, oʻqish, hisoblash malaka va koʻnikmalarini hosil qilish, tabiat va jamiyat haqida ilk bilimlar berish, xulqodobga oʻrgatishdir. Hoz. Oʻzbekiston hududida dastlabki Boshlangʻich maktab —maktabxonalar arab xalifaligi tomonidan Oʻrta Osiyo yerlari bosib olingandan keyin (7-a.) mahalliy xalq va ularning bolalarini musulmon ruhida tarbiyalash maqsadida ochilgan. Turkiston chor Rossiyasi tomonidan bosib olinganidan keyin rus amaldorlari va harbiylarining bolalari uchun 1869-y. Toshkentda dastlabki rus Boshlangʻich maktabi ochildi. Turkistonda mahalliy aholi bolalari uchun 19-a. oxirlarida ochilgan rustuzem maktabi ham Boshlangʻich maktab dir. 1900-y. dan Oʻzbekiston hududida «jadid maktabi» nomi bilan yuritilgan yangi usul maktablari ham ish boshlagan. Bu maktablar Turkiston mahalliy xalqlar milliy maktablarining kurtaklari boʻlgan. Yangi usul maktablari ham asosan 1—4 sinfdan iborat Boshlangʻich maktab hisoblangan. 1917-y. okt. toʻntarishidan keyin, 1918-y. 13 dek. da Turkiston maorif xalq komissarligi qaroriga binoan rustuzem maktablari xalq maktablariga aylantirildi. 1922-y. dan tayyorlov (yariminchi) sinfdan keyingi 1—3 sinflardan iborat maktablar 1bosqich maktab, yaʼni Boshlangʻich maktab hisoblangan. 1918—24 y. larda hoz. Oʻzbekiston hududidagi barcha milliy maktablar 1bosqichli maktablar boʻlgan. Boshlangʻich maktab soni 1918-y. da 992, 1919-y. da 1847, 1921-y. da 2022, 1922-y. da 1239, 1923-y. da 1007, 1924-y. da 1271 ta boʻlgan. 1930/31 oʻquv yilidan Oʻzbekistonda umumiy majburiy boshlangʻich taʼlim joriy etilishi munosabati bilan Boshlangʻich maktab larda taʼlim muddati 4 y. qilib belgilandi. 1969/70 oʻquv yilidan rus maktablarida, 1970/71 oʻquv yilidan oʻzbek maktablarida 3 y. lik boshlangʻich taʼlimga oʻtildi. Shu yillardan boshlab Boshlangʻich maktabning mavqei va ahamiyati tubdan oʻzgardi; umumiy taʼlimning mustaqil, tugal bosqichi degan xususiyatini yoʻqotib, fan asoslarini izchil oʻrganishga tayyorlanish bosqichi boʻlib qoldi. 1991/92 oʻquv yilidan OʻzRda Boshlangʻich maktab larda yana 4 ylik boshlangʻich taʼlimga oʻtildi. «Taʼlim toʻgʻrisida»gi qonun (1997-y. 29 avg.)da Boshlangʻich maktab taʼlimining yangi mazmuni belgilandi. 2000/2001 oʻquv yili boshida Oʻzbekistonda 207 Boshlangʻich maktab boʻlib, ularda 30684 oʻquvchi taʼlim oldi (yana q. Boshlangʻich taʼlim).

Yoʻldosh Abdullayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x