VOHA CHIGIRTKASI

VOHA CHIGIRTKASI, italiya chigirtkasi (Calliptamus italicus L.) — chigirtkalar oilasiga mansub zararkunanda hasharot. Erkagi tanasining uz. 14,5—24 mm, urgʻochisiniki 24—41 mm. Baquvvat tanasi toʻq qoʻngʻirdan och kulrang yoki sargʻish kulranggacha. Tuxumli koʻzachasining kattaligi 14—41 mm boʻlib, koʻpincha uvatlarga, dala, yoʻl chetlari, partav yerlardagi chimga qoʻyadi. Yevropa, Shim. Afrika, Xitoy, Kavkaz, Gʻarbiy Sibir, Jan. Oltoy oʻlkasi, Qozogʻiston va Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Voha chigirtkasi shuvoqboshoqli oʻsimliklar oʻsadigan choʻllarga xos. Juda koʻpayib ketgan yillari gʻoʻza, dukkakli, poliz, boshoqli va b. ekinlarga zarar keltiradi (yana q. Chigirtka).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x