BYUNYUEL

BYUNYUEL (Bunyuel; Bunuel) Luis (1900.22.2, Kalanda—1983) — ispan kinorejissyori. 1924-y. dan Parijda yashagan va A«vangard» harakatida qatnashgan. Birinchi mustaqil ishlari — «Andaluz kuchugi» (1928, ssenariysi S. Dal bilan hamkorlikda), «Oltin asr» (1930) filmlari syurrealizm ruhida ishlangan. 1932-y. Ispaniyada realistik hujjatli film («Nonsiz yer»)ni ekranlashtirdi. 1946—55 y. lar Meksikada yashadi va 1960-y. da yana Ispaniyaga qaytib keldi. «Unutilganlar», «Nazarin», «Viridiana», «Kunduzgi goʻzal», «Oqsoch ayolning kundaligi», «Bu notinch xohish nuqtasi», «Robinzon Kruzo» B. ning eng yaxshi filmlaridir. Diniy riyokorlikka, burjua jamiyatining ijtimoiy nohaqlik siyosatiga qarshi ruhdagi filmlar Byunyuel ijodiga xos.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x