YAZIGLAR

YAZIGLAR — sarmat qabilalaridan biri. Markazi Shim. Azov boʻyi sohillari boʻlgan koʻchmanchilarning yirik harbiy-siyosiy ittifoqini barpo etganlar. Yaziglar Volga boʻyi va Uraloldi mintaqalarida yashab, mil. av. 2-asrdan Gʻarbga yangi yaylovlar izlab siljiganlar. Yaziglar xoʻjaligi asosini koʻchmanchi chorvadorlik tashkil qilgan. Strabonshsht yozishicha, Yaziglar dastlab Azov dengizi boʻylarida, soʻngra Dneprning gʻarbidagi hududda yashashgan. Yaziglar roksolanlar bilan birga … Читать далее

YOʻLLAR

YOʻLLAR — transport vositalari va piyodalar harakatlanishi uchun moʻljallangan yer sirtidagi maxsus tayyorlangan qismlar; yoʻlovchilar va yuklarni tashiydigan yuk koʻtarish-tashish inshootlari (Mas, Kanat yoʻl). Relssiz va relsli xillari bor. Relssiz Yoʻllarga mamlakatning yoʻl tarmogʻini tashkil etuvchi avtomobil yoʻli, velosiped yoʻli va b. kiradi. Relsli Yoʻllarga yer polotnosiga yotqizilgan relsli yoʻllar (q. Temir yoʻl), tayanchlarga mahkamlangan … Читать далее

DAMAN VA DIU

DAMAN VA DIU — Hindistonning gʻarbiy qismidagi ittifoqdosh hudud. Kambey qoʻltigʻiga kiraverishda, uning har ikki sohilida joylashgan. Daman Gujarot shtati bilan chegaradosh. Diu Katxiyavar ya. o. ning jan. da joylashgan orol boʻlib, koʻpriklar orqali materik bilan bogʻlangan. Mayd. 112 km2, aholisi 158 ming kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Daman. 1509, 1521 va 1531-y. larda portugallar … Читать далее

GʻAZAL

GʻAZAL (arab. — ayolni sevish, unga oshiqona munosabatda boʻlish) — 1) Sharq adabiyotida eng keng tarqalgan lirik janr. «Gʻazal» atamasi dastlab 6—7-a. larda arab sheʼriyatida paydo boʻlgan. Soʻng Oʻrta Osiyo va Sharq xalqlari adabiyotlariga oʻtib, 13—14-a. lardatoʻla shakllangan. Hajmi 3 baytdan 19 baytgacha qilib belgilangan. Lekin 21, hatto 27 baytli Gʻazal namunasi ham uch-raydi. Aa, … Читать далее

GʻIRROM

GʻIRROM (sportda) — oʻzbek kurashi atamalaridan biri. Gʻirrom bellashuv paytida oxirgi ogohlantirishda ishlatiladi. Katta xatoga yoʻl qoʻygan (yoki «dakki» jazosini olgan va keyin yana qoʻpollikni amalga oshirgan) kurash-chiga eʼlon qilinadi va bu uning magʻ-lubiyatini bildiradi. Пост Навигацияси

GʻAZNAVILAR DAVLATI

GʻAZNAVILAR DAVLATI — Xuroson, Shim. Hindiston hamda qisman Mova-rounnahr va Xorazmda gʻaznaviylar sulolasi boshqargan turkiy davlat. Gʻ. d. ga Alpteginning gʻulomi va kuyovi Sabuktegin asos solgan. Davlat nomi saltanatning poytaxti Gʻazna sh. nomidan olingan. Turkiy gʻulomlar xizmatlari evaziga somoniylardan Xuroson va Afgʻonistonning turli viloyatlari (Gʻazna, Kobul va b.) ni boshqarish huquqini olganlar. Sabuktegin Gʻazna viloyatining … Читать далее

GʻAZA

GʻAZA — shahar-qalʼa. Sirdaryo boʻyida joylashgan 7 shahar-qalʼadan biri. Aleksandr Sugʻdda Spitamen boshchili-gida qoʻzgʻolon koʻtarilganidan xabar topgach, sarkardasi Kraterni Kiropolga joʻnatib, oʻzi qarorgohiga yaqin joydagi shahar — Gʻ. ga qoʻshin tortgan. Gʻazaning paxsadan ishlangan, uncha baland boʻlmagan mudofaa devori boʻlgan. Makedon qoʻshini Gʻazani bir hamla bilan olish niyatida devor atrofiga shotular oʻrnatgan. Biroq mudofaachilar ularni … Читать далее

GʻAZNAVIYLAR

GʻAZNAVIYLAR — Xuroson, Shim. Hindiston hamda qisman Movaroun-nahr va Xorazmda hukmronlik qilgan turkiy sulola (962—1186). Gʻaznaviylar davlatsht boshqargan. Sulolaga somoniylar lashkarboshisi Attegin asos solgan. Sulola nomi davlat poytaxti Gʻazna sh. dan olingan. Somoniylar davrida mamlakatning siyosiy hayoti va harbiy qoʻshinda turk gʻulomlari katta rolʼ oʻynagan. Somoniy amirlari koʻplab turk gʻulomlarini saltanatga qilgan xizmatlari eva-ziga siylab, … Читать далее

BIOMETEOROLOGIYA

BIOMETEOROLOGIYA — ekologiyaning boʻlimi; atmosfera muxitining geofizik va kimyoviy omillari bilan tirik organizmlar oʻrtasidagi bevosita va bavosita aloqalarni hamda iqlim va obhavo b-n tirik organizmlar oʻrtasidagi oʻzaro taʼsirni oʻrganadi. Oʻsimliklar B. si, hayvonlar B. si va odam B. siga boʻlinadi. Oʻsimliklar Biometeorologiyasi atrof muhit barcha komponentlarining ham tabiiy sharoitlarini, ham odamning oʻsimliklar olamiga koʻrsatadigan turli … Читать далее

BIOGEOKIMYOVIY PROVINSIYALAR

BIOGEOKIMYOVIY PROVINSIYALAR — organizmlar tarkibidagi kimyoviy element (birikma) ning mikdoriga koʻra bir-biridan farqqiladigan oblastlar. Biogeokimyoviy provinsiyalarda ayrim kimyoviy elementning kam yoki ortiq boʻlishi oqibatida oʻsimliklar va hayvon organizmlarida turli biologik oʻzgarishlar roʻy beradi. Biogeokimyoviy provinsiyalar kichik maydonni yoki butun qitʼani oʻz ichiga olishi mumkin. Biogeokimyoviy provinsiyalarni Oʻzbekistonda birinchi boʻlib M. A. Rish oʻrgandi (1960). U … Читать далее