BOQCHASAROY

BOQCHASAROY — Ukrainaning Qrim Respublikasidagi shahar. Churuksuv soyining (Kacha daryosining irmogʻi) xushmanzara sohilida joylashgan. Simferopol — Sevastopol katta yoʻli (shossesi) yonida. T. y. stapsiyasi. Aholisi 26,8 ming kishi (1999). Boqchasaroyda efir moylari, vino i. ch., meva sharbatlari, konserva, sut, z-dlari, maishiy xizmat k-ti bor. B. ga asos solingan yili nomaʼlum. Shahar 1502-y. dan tilga olinadi. … Читать далее

BONN

BONN — Germaniyadagi shahar, Shimoliy ReynVestfaliya yeri hududida, Reyn daryosining chap sohilida. Aholisi 412 ming kishi (1995). Bonnga 1-a. da rimliklar asos solgan. 1273—1794-y. larda Kyoln kurfyurstlari qarorgohi. 1814-y. dan Prussiya tarkibiga kirgan. 1945—49 y. larda Germaniyaning Angliya okkupatsiya qilgan zonasida boʻlgan. 1949-y. dan GFR poytaxti. 1989-y. dagi siyosiy oʻzgarishlar tufayli GFR va Germaniya Demokratik … Читать далее

BOKKACHCHO

BOKKACHCHO (Boccaccio) Jovanni (1313, Parij—1375.21.12, Chertaldo, Florensiya yaqinida) — italyan yozuvchisi, Yevropa Uygʻonish davri adabiyotining yirik vakili. Neapolda huquq fanlarini oʻrgangan. Bokkachcho Florensiya siyosiy hayotida faol qatnashgan. Dastlabki asarlari («Filokolo», 1336; «Filostrato», 1338)da ishqiy sarguzashtlar tasvirlangan. Bokkachchoning antik mifologiya syujetlari asosida yaratilgan «Ameto» (1341), «Fyezolan parilari» (1345) pastorallari, «Fyametta» (1343) qissasi hamda sonetlari bor. Yuzta … Читать далее

BUDDIZM

BUDDIZM (Budda nomidan olingan) , Buddaviylik — jahonda keng tarqalgan dinlardan biri (xristianlik va islom dini bilan birga). Unga eʼtiqod qiluvchilar taxm. 500 mln. dan ortiq. Mil. av. 6—5-a. larda Hindistonda paydo boʻlgan. Markaziy Osiyo, Jan. Sharqiy Osiyo mamlakatlarida va Uzok. Sharqda tarqalgan. Hoz. kunda B. Shri Lanka, Myanma (Birma), Tailand, Laos, Kamboja, Vyetnam, Tibet, … Читать далее

BRIJTAUN

BRIJTAUN — Vest-Indiyadagi Barbados davlatining poytaxti (1966-y. dan), mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Aholisi 97,5 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari, shahar atrofi b-n). Karib dengizi boʻyidagi port. Xalqaro miqyosdagi aeroport, oziqovqat, yengil sanoat korxonalari, sanʼat va bilim kolleji, kutubxona, muzey bor. B. orqali chetga shakarqand va rom chiqariladi. Kurort shahar. Shaharga 17-a. da asos … Читать далее

BOTANIKA

BOTANIKA (yun. botanikos — oʻsimlikka tegishli, botane — oʻsimlik, oʻt, giyoh) — oʻsimliklar toʻgʻrisidagi fanlar majmui. Botanika yer yuzidagi oʻsimliklar dunyosini, oʻsimliklar organizmlarining yashash va rivojlanish qonuniyatlarini hamda ularning bu jarayondagi oʻzaro aloqalarini, tashqi muhitga nisbatan munosabatlarini ilmiy jihatdan oʻrganadi. Botanika birbiri bilan oʻzaro bogʻlangan oʻsimliklar sistematikasi, paleobotanika, geobotanika, morfologiya, anatomiya, sitologiya, antekologiya, filogeniya, florogenetika, … Читать далее

BOLONYA UNIVERSITETI

BOLONYA UNIVERSITETI — Yevropadagi kad. untlardan biri. Italiyaning Bolonya sh. da joylashgan. 11-a. da asos solingan. 12—15-a. larda mashxur boʻlgan; 13-a. da untdagi oʻquvchilar soni 10 mingga yetgan. Bolonya universiteti yuridik, siyosiy fanlar, iqtisodiyot va tijorat, falsafa va sanʼat, ped., tibbiyot, dorishunoslik, kimyo, muhandislik, q. x., veterinariya va b. sohalar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Bolonya universitetida … Читать далее

VIVALDI

VIVALDI (Vivaldi) Antonio (1678.4.3, Venetsiya — 1741.28.7, Vena) — italyan kompozitori, skripkachi, dirijyor va pedagog, konsert janrining asoschisi. Ijodida turli cholgʻular (asosan, skripka) ga moʻljallangan konsertlar (jami 465 ta) markaziy oʻrin tutadi. Vivaldi muayyan voqeliklarni yorqin ifoda etuvchi (4 qismli «Yil fasllari» kabi) asarlari bilan dasturli simfonizmga ham asos solgan. Oʻnlab diniy va dunyoviy mavzudagi … Читать далее

VANADIY

VANADIY (Vanadium), V — Mendeleyev davriy sistemasining V guruh kimyoviy elementi; atom raqami 23, at. m. 50,942; kulrang metall. Tabiiy Vanadiyning ikkita izotopi bor. Barqaror 31V (99,75%) va beqaror 5»V (0,25%). 50V ning yarim yemirilish davri 10y yil. Vanadiyni 1801-y. da meksikalik mineralog A. M. Del-Rio qoʻngʻir qoʻrgʻoshin rudasida topgan. 1830-y. da shved kimyogari N. … Читать далее

BIZNES REJA

BIZNES REJA — aniq tanlangan tadbirkorlik ishining barcha bosqichlari tavsiflangan va taxm. hisobkitob qilingan loyiha. Unda aniq tanlangan tadbirkorlik ishining hamma tomonlari oʻz aksini topadi. Biznes reja oʻz tarkibi jihatidan loyihaning afzalliklari va uni amalga oshirishdan kutiladigan moliyaviy natijalar bayon etilgan yakuniy xulosa hamda asosan 10 boʻlimdan iborat asosiy qismga boʻlinadi. Biznes rejada loyiha boʻyicha … Читать далее