BOKKACHCHO

BOKKACHCHO (Boccaccio) Jovanni (1313, Parij—1375.21.12, Chertaldo, Florensiya yaqinida) — italyan yozuvchisi, Yevropa Uygʻonish davri adabiyotining yirik vakili. Neapolda huquq fanlarini oʻrgangan. Bokkachcho Florensiya siyosiy hayotida faol qatnashgan. Dastlabki asarlari («Filokolo», 1336; «Filostrato», 1338)da ishqiy sarguzashtlar tasvirlangan. Bokkachchoning antik mifologiya syujetlari asosida yaratilgan «Ameto» (1341), «Fyezolan parilari» (1345) pastorallari, «Fyametta» (1343) qissasi hamda sonetlari bor. Yuzta novelladan iborat «Dekameron» (1350—53) asari Bokkachcho ijodining choʻqqisi hisoblanadi. Unga 7 juvon va 3 yigitning 10 kun davomida aytgan hikoyalari asos boʻlgan. Asar nomlanishi (yun. dekameron — oʻn kunlik) shundan. Bokkachcho bu asarida xurofotga qarshi oddiy inson va uning erkin muhabbatini ulugʻlab, zohidona hayotni rad qilgan. Bokkachchoning ijodi Uygʻonish davri italyan hikoyachiligidagina emas, balki 15—16-a. lar Yevropa adabiyotida ham realizmning shakllanishida katta ahamiyatga ega boʻldi. Yozuvchi hayotining soʻnggi yillarida «Quzgʻun» (1354—55) dostoni va «Dante Aligyeri hayoti» (taxm. 1360) kitobini yozgan. «Dekameron» oʻzbek tiliga Q. Mirmuhamedov tomonidan tarjima qilingan (1978).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x