BONN

BONN — Germaniyadagi shahar, Shimoliy ReynVestfaliya yeri hududida, Reyn daryosining chap sohilida. Aholisi 412 ming kishi (1995). Bonnga 1-a. da rimliklar asos solgan. 1273—1794-y. larda Kyoln kurfyurstlari qarorgohi. 1814-y. dan Prussiya tarkibiga kirgan. 1945—49 y. larda Germaniyaning Angliya okkupatsiya qilgan zonasida boʻlgan. 1949-y. dan GFR poytaxti. 1989-y. dagi siyosiy oʻzgarishlar tufayli GFR va Germaniya Demokratik Respublikasi qoʻshilib, birlashgan Germaniyaning federal poytaxti statuyey Bonndan Berlinga oʻtdi. Xorijiy davlatlar elchixonalari hozircha Bonn da. Bonn muhim transport yoʻllari tuguni. Reyn boʻyidagi port. Xalqero aeroport bor. Sanoat korxonalari juda kam. Mavjud sanoat tarmoqlarining aksariyati isteʼmol mollari ishlab chiqaradi; elektrotexnika, rangli metall buyumlari, aniq mexanika, optika, farmatsevtika, mebel, keramika, yozuv qogʻozi, oziq-ovqat, tamaki korxonalari bor. Poligrafiya sanoati rivojlangan. Bonnda GFR savdo-sanoat palatasi, sanoat va moliya konsernlarining koʻpdankoʻp idoralari, madaniyat muassasalari va b. joylashgan. Bonn atrofida qoʻngʻir kumir qazib chiqariladi.

Bonnda Germaniyadagi eng yirik oliy oʻquv yurti — Bonn universitetы, konservatoriya, Betxoven uymuzeyi, kutubxona bor. Roman sobori (11—13 a. lar), gotika uslubidagi SanRemigiy cherkovi (12741317), ratusha (1737) va b. meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x