BRIJTAUN

BRIJTAUN — Vest-Indiyadagi Barbados davlatining poytaxti (1966-y. dan), mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Aholisi 97,5 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari, shahar atrofi b-n). Karib dengizi boʻyidagi port. Xalqaro miqyosdagi aeroport, oziqovqat, yengil sanoat korxonalari, sanʼat va bilim kolleji, kutubxona, muzey bor. B. orqali chetga shakarqand va rom chiqariladi. Kurort shahar. Shaharga 17-a. da asos solingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x