BARANGʻAR

BARANGʻAR, barangʻor, burongʻor (turkcha — oʻng) — qad. turk-moʻgʻul xalqlarida harbiy-maʼmuriy istiloh; 1) Chingiziylar saltanati barpo etilgunga qadar moʻgʻullar mamlakati oʻng qanot — barangʻar va soʻl qanot — juvangʻarga taqsimlangan. Chingizxon asos solgan ulkan saltanatda ham bunday boʻlinish aynan saqlangan. 14 – a. ning 40 – y. larida Joʻji ulusi oʻng va chap qanotlarga boʻlingan. … Читать далее

BALET

BALET (lot. ballo — raqsga tushaman) — asar mazmuni musiqiy xoreografik obrazlar vositasi bilan ifodalanadigan sahna sanʼati turi. Oʻzida sanʼatning dramaturgiya, musiqa, xoreografiya, tasviriy sanʼat kabi turlarini uygʻunlashtiradi, bu sanʼat turlarining hammasi alohida-alohida mavjud boʻlmay, Baletning sintez markazi boʻlgan xoreografiyaga boʻysunadi. Balet librettochi, kompozitor, baletmeyster va rassom hamkorligida yaratiladi. Baletning dramaturgik asosi libretto (ssenariy) dan … Читать далее

BALANJAR

BALANJAR — Shim. Kavkazdagi oʻrta asr shahri. Shim. Dogʻistondagi Suloq daryosi boʻyidagi Andreyevo (Enderi, Jdere) qishlogʻi oʻrnida boʻlgan deb taxmin etiladi. Rivoyatga koʻra, Balanjarga afsonaviy Balanjar ibn Yofas asos solgan. Tarixiy manbalar (Yaʼqubiy, 9-a.) B. ni 6-a. dagi voqealar munosabati b-n tilga olganlar. Unga koʻra, Balanjarni sosoniylar qoʻshini bosib olgan. Masʼudiyning yozishicha, Balanjar 8-a. gacha … Читать далее

VINYA-DEL-MAR

VINYA-DEL-MAR — Chilidagi shahar, Tinch okean sohilidagi port. Valparaiso aglomeratsiyasi tarkibida. Aholisi 305 mingdan ziyod kishi (1990y. lar oʻrtalari). T. y. stansiyasi. Kimyo, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari, shahar yaqinida neft z-di bor. Iklim kurorti va turizm markazi. Shaharga 1874-y. asos solingan. Пост Навигацияси

VIVEKANANDA

VIVEKANANDA Svami (asl nomi Narendranatx Datta) (1863.12.1, Kalkutta — 1902.4.1, Belur) — hind mutafakkiri, diniy islohotchi va jamoat arbobi. 1880—84 y. larda Kalkutta untida falsafani oʻrgandi. Ramakrishna taʼlimoti bilan tanishdi. 1893-y. vedanta taʼlimotini targʻib qilish maqsadida AQSH, Buyuk Britaniya, Xitoy, Yaponiyaga safar qildi. 1897-y. «Ramakrishna hidoyati» diniy-islohotchilik jamiyatiga asos soldi. Vivekananda «Hindistonni qayta tiklash» oqimining … Читать далее

BURUNDI

BURUNDI, Burundi Respublikasi (frans. Republique du Burundi) — Markaziy Afrikadagi davlat. Mayd. 27,8 ming km2. Aholisi 6,4 mln. kishi (1990-y. larning oxirlari). Poytaxti — Bujumbura sh. Maʼmuriy jihatdan 15 viloyatga boʻlinadi. Davlat tuzumi. Burundi — respublika. Davlat boshligʻi — prezident. 1996-y. 25-iyuldagi davlat toʻntarishi natijasida 1992-y. gi Konstitutsiyaning amal qilishi va Millat majlisi hamda partiyalarning … Читать далее

BRUNEY

BRUNEY, BruneyDorussalom (Brunei Darussalam) — Jan. sharqiy Osiyodagi davlat. Kalimantan o. ning shim. da joylashgan. Mayd. 5,8 mingkm2, aholisi 300 ming kishi (1996). Poytaxti — BandarSeriBegavan sh. Maʼmuriy jihatdan 4 okrugga boʻlinadi. Davlat tuzumi. Bruney — konstitutsiyali monarxiya (sultonlik). Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. Amaldagi konstitutsiya 1959-y. 29 sent. da qabul qilingan. Davlat boshligʻi — sulton. Mamlakatdagi … Читать далее

VOLGOGRAD

VOLGOGRAD (1925 i. gacha Saritsin, 1961-y. ga qadar Stalingrad) — RF dagi shahar, Volgograd viloyatining markazi. Volga daryosining oʻng sohilida. Yirik daryo porti, aeroport bor. T. y. tuguni. Kema qatnaydigan Volga-Don kanalining boshlangʻich punkti. Aholisi 1005 ming kishi (1999). Shaxarga 1589-y. da asos solingan. 18-a. oxiriga qadar harbiy istehkom boʻlgan. 1942-y. iyulidan 1943-y. fev. gacha … Читать далее

BRNO

BRNO — Chexiyadagi shahar, Jan. Moraviya viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 398 ming kishidan ziyod (1990ylar urtalari). Transport yoʻllari tuguni. Brnoda, asosan, mashinasozlik sanoati rivojlangan. B. Chexiyaning yirik ilmiy va madaniy markazlaridan. Chexiya FA filiali, unt, muzeylar (sanʼat, Moraviya muzeyi) va b. bor. Shaharda meʼmoriy yodgorliklardan Shpilberk kasri (13 — 18-a. lar), Gotika cherkovi, Eski ratusha … Читать далее

BRISBEN

BRISBEN, Brisbeyn — Avstraliya Ittifoqining sharqidagi shahar. Tinch okean sohilida. Kvinslend shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi shahar atrofi bilan birga 1,5 mln. kishi (1996). Brisben daryosi Morton qoʻltigʻiga quyiladigan joydagi dengiz porti. T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Mamlakatning industriya va madaniy markazlaridan. Shtatdagi sanoat korxonalarining deyarli yarmi Brisbenda toʻplangan. Metallurgiya, neftni qayta ishlash, kimyo, mashinasozlik … Читать далее