BOQCHASAROY

BOQCHASAROY — Ukrainaning Qrim Respublikasidagi shahar. Churuksuv soyining (Kacha daryosining irmogʻi) xushmanzara sohilida joylashgan. SimferopolSevastopol katta yoʻli (shossesi) yonida. T. y. stapsiyasi. Aholisi 26,8 ming kishi (1999). Boqchasaroyda efir moylari, vino i. ch., meva sharbatlari, konserva, sut, z-dlari, maishiy xizmat k-ti bor. B. ga asos solingan yili nomaʼlum. Shahar 1502-y. dan tilga olinadi. 1736-y. gacha Qrim xonligining poytaxti boʻlgan. 1783-y. Qrim tarkibida Rossiya bosib olgan. Boqchasaroy Pushkin va A. Miskevich asarlarida kuylangan, 16—18-a. larda turk meʼmorligi asosida qurilgan xon saroyi hamda «Koʻz yoshi» fontani saqlanib qolgan. Shahar yaqinida ChufutKala gʻor shahri joylashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x