BENGALIYA QOʻLTIGʻI

BENGALIYA QOʻLTIGʻI — Hind okeanidagi qoʻltiq. Hindiston va Hindixitoy ya. o. lari hamda Andaman, Nikobar o. lari oʻrtasida. Mayd. 2191 ming km2. Oʻrtacha chuq. 2586 m, eng chuqur joyi 4519 m. Yirik daryolardan Gang va Brahmaputra quyiladi. Suvining oʻrtacha t-rasi fev. da 25 — 27°, avg. da 28°. Shoʻrligi 30%o, Gang daryosi quyiladigan yerda bundan … Читать далее

VATTMETR

VATTMETR (vatt va… metr) — oʻzgaruvchan va oʻzgarmas tok elektr zanjiri quvvatini oʻlchashda ishlatiladigan asbob. Elektrodinamik, ferrodinamik, induksion, elektrostatik va issiqpik Vattmetr lari bor. Ishi ikki magnit maydonining oʻzaro taʼsiriga asoslangan. Aniq oʻlchaydigan elektrodinamik Vattmetr (rayem) qoʻzgʻalmas gʻaltak 1, qoʻzgʻaluvchan gʻaltak 2, prujinalar 3 va havo tinchlantirgichi 4 dan iborat. Qoʻzgʻalmas gʻaltak yoʻgʻon mis simdan … Читать далее

VANUATU

VANUATU, Vanuatu Respublikasi (Ripablik blong Vanuatu) — Tinch okeanning jan.-gʻarbiy qismida joylashgan Yangi Gebrid o. lari (80 oroldan iborat) dagi davlat. Bu orollarning eng yiriklari Espiritu-Santo, Ambrim, Malekula, Maevo, Efate. Mayd. 12 190 km2. Aholisi 189,6 ming kishi (1990-y. lar oxiri). Poytaxti — Port-Vila sh. Maʼmuriy jihatdan 6 provinsiyaga boʻlingan. Davlat tuzumi. V. Respublikasi Buyuk … Читать далее

VULKANLAR

VULKANLAR, vulqonlar (Vulkan nomidan) — Yer poʻstidagi yoriqlar, kanallar orqali lava, issiq gaz, suv bugʻlari va jins boʻlaklarini chiqarib turadigan geologik tuzilma. Vulkanlar markazida asosiy vulkan kanali joylashgan boʻlib, yuqori mantiyadagi magma havzasidan (magma oʻchogʻi) magma va b. vulkan jinslari shu kanal orqali koʻta-riladi. Vulkanlar kanalining yuqori qismi Vulkanlar boʻgʻzi, kanalning voronkasimon teshigi krater deb … Читать далее

BOTANIKA BOGʻI

BOTANIKA BOGʻI — tirik oʻsimliklar kolleksiyasini yigʻadigan va shu asnoda oʻsimliklar dunyosi xillari va boyligini oʻrganadigan, botanika sohasidagi bilimlarni tashviqot qiladigan i. t., oʻquvyordamchi va madaniymaorif muassasasi. Botanika bogʻi asosini ochiq dalada va oranjereyalarda oʻstirilib, i. t. ishlarida va koʻrgazmalarda foydalaniladigan oʻsimliklar kolleksiyasi tashkil etadi. Oʻsimliklarni joylashtirishda geografik, sistematik va ekologik tamoyillardan foydalaniladi. Kupchilik Botanika … Читать далее

VERXARN

VERXARN (Verhaeren) Emil (1855.21.5, Sent Aman — 1916.27.11, Ruan) — belgiyalik shoir, dramaturg, tanqidchi. Fransuz tilida ijod qilgan. Luven un-ti yuridik f-tini tugatgan. «Rohiblar» (1886) toʻplamida oʻrta asrlardagi rohiblarning yorqin yigʻma obrazi berilgan. «Oqshomlar» (1887), «Halokat» (1888), «Qora mashʼallar» (1890) asarlari dekadentlik sheʼriyati ruhiga yaqin, bularda turmushni fojiaviy tasavvur etish kuchli. «Telba qishloqlar» (1893), «Gʻala-gʻovur … Читать далее

BARBADOS

BARBADOS (Barbados) — Markaziy Amerikada, Kichik Antil o. larining Barbados o. da joylashgan davlat. Mayd. 430 km2. Aholisi 300 ming kishi (1995). Poytaxti — Brijtaun sh. Davlat tuzumi. Barbados — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibida mustaqil davlat. Davlat boshligʻi — Buyuk Britaniya qirolichasi (qiroli), hokimiyatni general-gubernator amalga oshiradi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat ikki palatali parlament; u … Читать далее

VELOSIPED

VELOSIPED (lot. velox — tez va pes — oyoq) — oyoq bilan harakatga keltiradigan 2 yoki 3 gʻildirakli eng oddiy mashina. Insonning harakatlanish vositalaridan biri. Qoʻlda (invalidlar Velosiped) va motor (dvigatel) yordamida harakatlantiriladigan Velosipedlar ham bor. V. gʻildirak /, rama 2, egar 3, rul 4, pedal 5, zanjir 6 va ikki charx (yul-duzcha) 7dan iborat. … Читать далее

VOIZ

VOIZ (arab.) — jamoat oldida nutq soʻzlovchi, voizlik bilan shugʻullanuvchi kishi, professional notiq. Voizlar chuqur bilim, yuksak madaniyat va maxsus ijrochilik salohiyati (chiroyli va taʼsirchan ovozi, aniq va ravshan talaffuz, oʻz zamonasi uchun yetakchi tillarni mukammal bilish va b.) ga ega boʻlgan. Musulmon sharqining yirik olimlari, din arbobi, adib va b. koʻpincha yetuk Voizlar ham … Читать далее

VODIY MUZLIGI

VODIY MUZLIGI — togʻ daryosi vodiysi boʻylab joylashgan muzlik. Muzlik shakli, xarakteri va harakat yoʻnalishi vodiy bilan bogʻliq. Vodiy muzligi morfologik jihatdan 2 qismga boʻlinadi: yuqori — toʻyinish qismi yoki firn havzasi, unda moddalar akkumulyatsiyasi ablyatsiyadan ortiqcha boʻladi va quyi qism — unda ablyatsiya akkumulyatsiyadan koʻproq boʻladi. Vodiy muzligining ablyatsiya qismi muzlik tili deyiladi. Muzlik … Читать далее