VATTMETR

VATTMETR (vatt va… metr) — oʻzgaruvchan va oʻzgarmas tok elektr zanjiri quvvatini oʻlchashda ishlatiladigan asbob. Elektrodinamik, ferrodinamik, induksion, elektrostatik va issiqpik Vattmetr lari bor. Ishi ikki magnit maydonining oʻzaro taʼsiriga asoslangan. Aniq oʻlchaydigan elektrodinamik Vattmetr (rayem) qoʻzgʻalmas gʻaltak 1, qoʻzgʻaluvchan gʻaltak 2, prujinalar 3 va havo tinchlantirgichi 4 dan iborat. Qoʻzgʻalmas gʻaltak yoʻgʻon mis simdan kam oʻramli qilib yasaladi; u elektr zanjirga ketma-ket ulanadi. Bu gʻaltak Vattmetrning tok chulgʻami deb ataladi. Qoʻzgʻaluvchan gʻaltak ingichka simdan koʻp oʻramli qilib yasaladi va elektr zanjiriga parallel ulanadi. Bu gʻaltak Vattmetrning kuchlanish chulgʻami deb ataladi. Gʻaltaklarda tok oʻtganda magnit maydoni hosil boʻladi va qoʻzgʻaluvchan gʻaltak qoʻzgʻalmas gʻaltakka nisbatan vaziyatini oʻzgartiradi. Koʻzgʻaluvchan gʻaltak oʻqiga mahkamlangan Vattmetr mili zanjirdagi quvvat qiymatini koʻrsatadi. Keyingi yillarda raqamli Vattmetrlar ishlab chiqarila boshlandi. Ularning asosini mikroprotsessorlar va analog raqamli oʻzgartirgichlar tashkil etadi. Ularning aniqpigi ancha yuqori, puxta ishlaydi. Oʻlchash natijalarini raqamlarda koʻrsatadi va b.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x