VERXARN

VERXARN (Verhaeren) Emil (1855.21.5, Sent Aman — 1916.27.11, Ruan) — belgiyalik shoir, dramaturg, tanqidchi. Fransuz tilida ijod qilgan. Luven un-ti yuridik f-tini tugatgan. «Rohiblar» (1886) toʻplamida oʻrta asrlardagi rohiblarning yorqin yigʻma obrazi berilgan. «Oqshomlar» (1887), «Halokat» (1888), «Qora mashʼallar» (1890) asarlari dekadentlik sheʼriyati ruhiga yaqin, bularda turmushni fojiaviy tasavvur etish kuchli. «Telba qishloqlar» (1893), «Gʻala-gʻovur shaharlar» (1895) toʻplamlarida ijtimoiy ziddiyatlarning (shu jumladan, shahar va qishloq oʻrtasidagi ziddiyatlarning ham) halokatli ekanligini anglash ifodalangan. «Turmush qirralari» (1899), «Bebosh kuchlar» (1902), «Rang-barang yogʻdu» (1906) va b. toʻplamlaridagi sheʼrlarida Verxarn insonning yaratuvchilik faoliyatini, ijodni, sevgi va qatʼiyatni tarannum etadi. Verxarnning ishchilar hayotidan yozilgan «Shafaqlar» pyesasi (1898), atoqli rassomlar (X. Rembrandt, 1904; P. Rubens, 1910) va yozuvchilar (U. Shekspir, J. Rasin, Verxarn Gyugo) haqida i. t. lari bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x