VOIZ

VOIZ (arab.) — jamoat oldida nutq soʻzlovchi, voizlik bilan shugʻullanuvchi kishi, professional notiq. Voizlar chuqur bilim, yuksak madaniyat va maxsus ijrochilik salohiyati (chiroyli va taʼsirchan ovozi, aniq va ravshan talaffuz, oʻz zamonasi uchun yetakchi tillarni mukammal bilish va b.) ga ega boʻlgan. Musulmon sharqining yirik olimlari, din arbobi, adib va b. koʻpincha yetuk Voizlar ham boʻlganlar. Xoja Muayyad Mehnagiy, Mavlono Riyoziy, Husayn Voiz Koshifiy, Mavlono Muin Voiz Hiraviy, Bahouddin Valad, Jaloliddin Rumiy, 20-a. da mufti Ziyovuddinxon Eshon Boboxon oʻgʻli va b. soʻz qudrati va jonli nutq sanʼati bilan oʻz zamonasining mashhur Voiz lari boʻlganlar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x