QUTBIY DOIRA

QUTBIY DOIRA, qutb doirasi — Yer sharida ekvatordan 66°33ʻ shim. va jan. dan oʻtgan parallel. Shim. yarim shardan oʻtgan Qutbiy doira Shimoliy Qutbiy doira, Jan. yarim shardagi Qutbiy doira esa Janubiy Qutbiy doira deyiladi. Shim. yarim sharda qishki Quyosh turishi kuni (21 yoki 22 dek.)da Qutbiy doiradan shimolda Quyosh chiqmaydi, yozgi Quyosh turishi kuni (21 … Читать далее

QISQA TUTASHUV

QISQA TUTASHUV — elektr zanjiri oʻtkazgichlarida hosil boʻladigan zararli elektr kontakti; oʻzgaruvchan tok tarmogʻida fazalarning Yer bilan tutashuvi natijasida (1 fazali), oʻzgarmas tok tarmogʻida qutblar orasida yoki qutb bilan Yer orasida sodir boʻladi. Qisqa tutashuv elektr qurilmalar oʻtkazgichlarining yaxshi izolyatsiyalanmaganligidan, tok zanjirida elektr tokining haddan tashqari ortib ketishidan kelib chiqadi va elektr qurilmalarining buzilishiga olib … Читать далее

KANADA

KANADA (Canada) — Shim. Amerikaning shim. qismi va unga yondosh o. lardajoylashgan davlat. Mayd. 9971 ming km2. Axrlisi 31,59 mln. kishi (2001). Poytaxti — Ottava sh. Maʼmuriy jihatdan 10 viloyat (province) va 3 hudud (territory)ra boʻlinadi. Davlat tuzumi. Kanada — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibidagi federativ davlat. Amaldagi Konstitutsiyasi 1982-y. 17 apr. da kuchga kirgan. … Читать далее

KRIOFILLAR

KRIOFILLAR (yun. kryos — sovuq, muz va… fil) — turgʻun past haroratda yashovchi organizmlar. Kriofillarga jan. va shim. qutb dengizlarida (ignaterililar, baliqlar, mollyuskalar), sovuq suvli daryo va soylarda (gulmoyi baliq, ayrim planariyalar va b.), shuningdek, shim. kengliklar va baland togʻlarda hayot kechiradigan hayvonlar kiradi. Koʻpchilik Kriofillar, odatda, harorat kam oʻzgarishiga moslashgan (stenotermlar) boʻladi. Mac, bir … Читать далее

KOMPLEKS SONLAR

KOMPLEKS SONLAR — a + b koʻri nishidagi sonlar; bunda a va b haqiqiy sonlar, / esa mavhum birlik, i2 — — 1 shartni qanoatlantiruvchi mavhum birlik a K. s. ning haqiqiy qismi, b esa mavhum qismi deyiladi; b=Q boʻlganda Kompleks sonlar haqiqiy, feO va a=0 boʻlganda Kompleks sonlar — sof mavhum son boʻladi. Har … Читать далее

QUTB

QUTB — 1) q. Geografik qutblar; 2) Geomagnit qutblar; 3) Olam qutblari; 4) elektr zanjiri yoki magnitning qarama-qarshi tomonlaridan biri (musbat qutb yoki manfiy qutb); 5) keng ,maʼnoda — bir-biriga zid ikki xil narsa; qarama-qarshi tomon. Loading… Пост Навигацияси Previous PostQUTADGʻU BILIG Next PostQUTB YOGʻDUSI

DINIY EKSTREMIZM

DINIY EKSTREMIZM — baʼzi diniy tashkilotlar yoki ayrim dindorlarning jamiyat qonun-qoidalariga mos kelmaydigan mafkurasi va faoliyati. Diniy ekstremizm koʻpchilik dinlarda mavjud boʻlib, uning tarafdorlari oʻz oldiga siyosiy maqsadlarni qoʻyadi. Islom ekstremizmining aqidasiga koʻra, birinchidan, goʻyo barcha hoz. zamon musulmon jamoalari islomiy tuslarini yoʻqotganlar va «johiliya» asri jamiyatlariga aylanganlar. Bunday yondashuv hukumat va uning olib borayotgan … Читать далее

ISLANDIYA

ISLANDIYA (Island), Islandiya Respublikasi (Lydveldid Island) — Atlantika okeanining shim. qismidagi Islandiya o. da joylashgan davlat. Mayd. 103 ming km2. Aholisi 278 ming kishi (2001). Maʼmuriy jihatdan 23 okrug (sisla)ga, ular esa jamoalarga bulinadi. Poytaxti — Reykyavik sh. Davlat tuzumi. Islandiya — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1944-y. 17-iyunda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (1996-y. dan … Читать далее

IQLIM MAVSUMLARI

IQLIM MAVSUMLARI — yilning iqlim xususiyatlari boʻyicha boʻlinadigan qismlari. Iqlim mavsumlari va ularning davomiyligi yer sharining turli r-nlarida turlicha boʻlgan. Namlik bir tekis, t-ra amplitudasi kichik ekvator mintaqasida yilni Iqlim mavsumlariga ajratishga hojat yoʻq. Yogʻinlarning yillik oʻzgarishi yaqqol ifodalangan subekvatorial mintaqalar quruq va yogʻinli Iqlim mavsumlariga ajratiladi. Mussonli tropiklarda quruq qish va namli yozdan tashqari, … Читать далее

KONXOIDA

KONXOIDA (yun. konchoeides — chigʻanoqsimon) — tekislikda biror chiziqning har bir nuqtasining radius vektorini oʻzgarmas miqdorga oʻzaytirish yoki kamaytirishdan hosil boʻladigan chiziq. Agar chiziq qutb koordinatasida g=/(f) tenglamaga ega boʻlsa, uning Konxoida tenglamasi /-=/( Toʻgʻri chiziq uchun. Konxoida taxminan mil. av. 250 — 150-y. larda yashagan yunon olimi Nikomed tomonidan oʻrganilgan. Toʻgʻri chiziq Konxoida sining … Читать далее