KRIOFILLAR

KRIOFILLAR (yun. kryos — sovuq, muz va… fil) — turgʻun past haroratda yashovchi organizmlar. Kriofillarga jan. va shim. qutb dengizlarida (ignaterililar, baliqlar, mollyuskalar), sovuq suvli daryo va soylarda (gulmoyi baliq, ayrim planariyalar va b.), shuningdek, shim. kengliklar va baland togʻlarda hayot kechiradigan hayvonlar kiradi. Koʻpchilik Kriofillar, odatda, harorat kam oʻzgarishiga moslashgan (stenotermlar) boʻladi. Mac, bir qancha igvaterililar (ilondumlilar, dengiz koʻzachalari)ga suv haroratining G dan yuqori koʻtarilishi qaloqatli taʼsir etadi. Harorat koʻtarilganida sovuq suvlarda yashovchi ayrim baliqlarning harakatlanishi va oziqlanish intensivligi pasayadi. Kriofillik harorat koʻtarilgan sayin suvda eriydigan kislorod miqdorining kamayib borishi bilan bogʻliq. Arktika dengizlarida yashovchi ayrim baliqlar qonida suyuqlikning muzlash nuqtasini pasaytiruvchi moddalar (biologik antifrizlar) boʻladi. Kriofillarga erigan qor suvlari, muz va qor ustida yashaydigan organizmlar (bir hujayrali suvoʻtlar, krioplankton, ayrim chuvalchanglar, hasharotlar) ham kiradi. Kriofillar suvoʻtlarning tez koʻpayishi, muz yoki qor rangining oʻzgarishiga sabab boʻladi. Kriofil oʻsimliklar k r io f i t l a r deb ataladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x