QUTBIY DOIRA

QUTBIY DOIRA, qutb doirasi — Yer sharida ekvatordan 66°33ʻ shim. va jan. dan oʻtgan parallel. Shim. yarim shardan oʻtgan Qutbiy doira Shimoliy Qutbiy doira, Jan. yarim shardagi Qutbiy doira esa Janubiy Qutbiy doira deyiladi. Shim. yarim sharda qishki Quyosh turishi kuni (21 yoki 22 dek.)da Qutbiy doiradan shimolda Quyosh chiqmaydi, yozgi Quyosh turishi kuni (21 yoki 22 iyun) Quyosh botmaydi. Jan. yarim sharda esa aksincha boʻladi. Quyosh botmaydigan yoki chiqmaydigan qunlar soni qutbga tomon orta boradi va qutbda qun bilan tun yarim yildan davom etadi (q. Qutb kuni va Qutb tuni). Nur refraksiyasi hodisasi natijasida qutb kuni qutb tuni hisobiga koʻproq davom etadi va Quyosh botmaydigan kunlar soni koʻproq boʻladi. Qutbiy doira sovuq iqlim mintaqalari chegarasi hisoblanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x