ISLANDIYA

ISLANDIYA (Island), Islandiya Respublikasi (Lydveldid Island) — Atlantika okeanining shim. qismidagi Islandiya o. da joylashgan davlat. Mayd. 103 ming km2. Aholisi 278 ming kishi (2001). Maʼmuriy jihatdan 23 okrug (sisla)ga, ular esa jamoalarga bulinadi. Poytaxti — Reykyavik sh.

Davlat tuzumi. Islandiya — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1944-y. 17-iyunda qabul qilingan. Davlat boshligʻiprezident (1996-y. dan Olavur Ragnar Grimsson), u aholi tomonidan toʻgʻri saylov yoʻli bilan 4-y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi qokimiyatni prezident b-n alting (bir palatali parlament) birgalikda amalga oshiradi. Ijrochi hokimiyatni ham prezident amalga oshiradi va hukumatni tayinlaydi.

Tabiati. Islandiya qirgʻogʻi jan. da tekis, qolgan qirgʻoklari yirik qoʻltiq va fiordlar bilan parchalangan. Yer yuzasining koʻp qismi vulkanlardan xreil boʻlgan plato. Bal. 800 m li togʻ massivlari va 200 ta vulkan (30 tasi xarakatda) bor. Mashhurlari: Gekla, Laki, Askya va Xvannadalsxnukur (baland nuqtasi 2119 m). Islandiya hududining 6 %i lava dalalaridan iborat. Sohilda pasttekisliklar bor. Tez-tez zilzila boʻlib turadi. Shpat, oltingugurt, torf, lignit va b. konlar (issiq suvli, bugli, maʼdanli buloklar va geyzerlar) mavjud. Iqlimi subarktika, dengiz ikli-mi, Golfstrimning taʼsiri kuchli. Sohilida yanv. ning oʻrtacha t-rasi — 1, —3°, iyulniki 9, 1G. Yillik yogʻin 500—4000 mm. Islandiyaning markaziy qismlarida qishda 5 oygacha qor erimaydi. Islandiya maydonining 11,8 ming km2 muzlik. Yiriklari: Vatnayyokudl (mayd. 8400 km2, qalinligi 1000 m) va b. Daryolari qisqa, serostona, qor va muzliklardan toʻyinadi, gidroenergiya resurslariga boy. Koʻl koʻp. Sohillarda serunum torflichim, ichkarilarda tog arktika tuproqlari uchraydi. Oʻsimligi kam, jami 400 tur kjsak oʻsimlik bor. Islandiya hududining 2/3 qismi mox va lishaynikli toshloq. Lava dalalarida hech narsa oʻsmaydi. Katta maydonlar torfli botqoqlik va oʻtloq. Kichikroq oq qayin oʻrmonlari saklangan. Qutb tulkisi, sichqonsimonlar, shim. bugʻusi, norka, morj, tyulen, baliqchi qushlar, baliqlar, kitlar bor. Milliy bogʻlari (Tingvedlir, Mivati-och-Lax-sau, Skaftafedl, Yekyul-Saurgl-yurvyur) va qoʻriqxonalar bor.

Aholisining 99 % islandlar. Qolgan qismi nemis, norveg va danlar. Rasmiy tilisland tili. Dindor aholining 93 % protestant (lyuteran). Aholining 91 % shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Reykyavik, Koupa-vogur, Akureyri.

Tarixi. Islandiya hududiga taxm. 870-y. dan odamlar koʻchib kelib, kimsasiz orolni oʻzlashtira boshlaganlar. Ularning koʻpchiligi norveglar boʻlgan. Skandinaviyaning boshqa mamlakatlari, jumladan, Shvetsiyadan kelganlar ham bor edi. Ular mamlakatni Island — Muzlar mamlakati deb atadilar. 11-a. oxiriga kelib bu yerdagi q. x. xonadonlari 4,5 mingga yetdi. Yaylov chorvachiligi, dengiz ovi aholining asosiy mashgʻuloti edi. Dengiz sayyohligi rivojlanib, 10-a. ning 80-y. larida islandlar Grenlan-diyani kashf qildilar va taxm. 1000-y. da Shim. Amerikaga yetib bordilar. Islandiyaga koʻchib kelgan kishilar tomonidan tuzilgan Xalq majlisi — alting 930-y. da oʻzining birinchi yigʻilishini oʻtkazdi. Orolning tashqi dunyodan ajralganligi, xoʻjalik turmushining oʻziga xos xususiyatlari tufayli bu yerdagi urugʻchilik munosabatlari uzoq vaqtgacha saklanib qoldi. 13-a. gacha si-yosiy hokimiyat xalqdan butunlay ajralmagan edi, oddiy erkin kishilar — bondlar asosiy ijtimoiy qatlam boʻlgan. Islandiya tarixining shu davri adabiyotda «Xalq hokimiyati davri» deb yuri-tiladi. Oʻrta asrlarga kelib yakka q. x. xonadoni asosiy xoʻjalik va boshlangʻ-ich jamoat yacheykasiga aylandi. Ammo 1262—64 y. larda Islandiyaning asilzodalari oʻrtasidagi ichki nizolardan foydalangan Norvegiya davlati uni oʻziga boʻy-sundirib oldi, 1380-y. dan esa u (Norvegiya ham) Daniya bilan uniya (ittifoq) da boʻlgan. 1397-y. dan Kalmar ittifoqi tarkibida. 1537-y. dan yana Daniya qara-mogʻida.

19-a. 2-yarmidan island millatining tashkil topishi natijasida mustaqillik uchun kurash kuchaydi. 1874—1903-y. lari I. baʼzi muxtor huquklarga ega boʻldi. 1-jahon urushi davrida Islandiyaning Daniyaga qaramligi zaiflashdi. Islandiyaning AQSH va Buyuk Britaniya bilan iqtisodiy hamda siyosiy munosabatlari kuchaydi. Ozodlik kurashi avj olgach, Daniya Islandiyani Daniya-I. uniyasi bilan cheklangan mustaqil davlat deb tan oldi (1918). Islandiyaning doimiy betarafligi eʼlon qilindi. 1944-y. maydagi referendum natijasida Islandiya xalqi Daniya b-n uniyani bekor qildi va shu yil 17-iyunda I. Respublika deb eʼlon qilindi.

Islandiya — 1946-y. dan BMT aʼzosi. OʻzR bilan diplomatiya munosabatlarini 1997-y. 25 sent. da oʻrnatgan. Milliy bayrami — 17 iyun — Mustaqillik kuni (1944).

Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Xalq ittifoqi partiyasi, 1968-y. tuzilgan; Mustaqillik partiyasi, 1929-y. tashkil etilgan; Taraqqiyot partiyasi, 1916-y. tuzilgan; «Xalq uygʻonishi» siyosiy birlashmasi, 1944-y. da asos solingan; I. sotsal-demokratik partiyasi, 1916-y. tashkil topgan; Birlashgan soʻllar bloki, 1999-y. da tuzilgan. Islandiya kasaba uyushmalari birlashmasi 1916-y. tuzilgan, Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi aʼzosi.

Xoʻjaligi. Islandiya — industrial-agrar mamlakat. Baliqchilik, energetika, sement, alyuminiy i. ch., metallsozlik rivojlangan.

Sanoatida baliq ovlash va uni qayta ishlash yetakchi oʻrinda. Mehnatga layoqatli aholining 12% shu tarmoqda band boʻlib, yalpi ichki mahsulotning 20% va xorijiy valyuta tushumining salkam 80% ni taʼminlaydi. Yiliga 1,5 mln. tonnaga yaqin baliq ovlanadi. Baliq ovlash flotida 1 mingdan or-tiq kema bor. Asosiy baliq mahsulotlari: muzlatilgan, quritilgan va tuzlangan baliq, baliq yogʻi, baliq uni.

Islandiyada sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan foydali qazilma va xom ashyo zaxiralari yoʻq. Alyuminiy (chetdan keltirilgan xom ashyo asosida), ferrosilitsiy, diatomit, azotli oʻgʻit ishlab chiqaradigan bir necha korxona bor. Baliq ovlash kemalarini taʼmirlaydigan va yangilarini ishlab chiqaradigan kemasozlik korxonalari mavjud. Lok-boʻyoq, charmpoyabzal, toʻqimachilik sanoati, trikotaj va mebel i. ch. rivojlangan. Yiliga oʻrtacha 4,4 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Turar joy va issiqxonalarni isitish uchun qaynoq buloq suvlaridan foydalaniladi. Aholi jon boshiga elektr energiyadan foydalanishda dunyoda oldingi oʻrinlardan birida turadi. Key-ingi yillarda boy tabiiy resurslarga ega boʻlgan Arktikada hamkorlik qilishga Islandiya katta eʼtibor bera boshladi. U mazkur mintaqada atrof muhitni muhofaza qilishga, uni iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan barqaror rivojlantirishga koʻmaklashuvchi Arktika ken-gashiga aʼzo boʻlib kirgan.

Qishloq xoʻjaligi uchun yaroqli yerlar butun mamlakat hududining 14% ni tashkil etadi. Iqtisodiy faol aholining 9,5% agrosanoat majmuida band. Kichik fermerlar koʻp. Yetakchi tarmogʻi qoʻychilik va sut chorvachiligidir, qoramol, yilqi ham boqiladi. Yem-xashak, kartoshka, issikxonalarda sab-zavot yetishtiriladi.

Islandiyada dengiz transporti yetakchi. Avtomobil yoʻllari uz. 10530 km. T. y. yoʻq. Asosiy dengiz portlari: Reykyavik, Akureyri. Aviatsiya transporti katta ahamiyatga ega. Chet el sayyohligi rivojlangan: yiliga 190 mingga yaqin sayyoh kelib-ketadi.

Islandiya chetga baliq va baliq mahsulotlari, rangli metallar, qoʻy goʻshti va te-risi, jun chiqaradi, chetdan transport vositalari, neft va neft maxsulotlari oladi. Islandiyaning tashki savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Skandinaviya mamlakatlari. Pul birligi — island kronasi.

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari. Islandiyada 6 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun 10 yillik majburiy boshlangʻich taʼlim, 16 yoshdagi bolalar uchun 3 yillik oʻrta taʼlim joriy etilgan. Oliy taʼlim ti-zimida 5 un-t, jumladan, Reykyavik un-ti, 11 ixtisoslashgan in-t bor.

Reykyavikda Milliy kutubxona, xalq kutubxonasi, Islandiya milliy muzeyi, Tabiiyot tarixi muzeyi va Davlat badiiy galereyasi mavjud. Eng yirik ilmiy muassasa Reykyavik unti huzuridagi ilmiy tadqiqotlar in-ti (1937) dir. Unda baliqchilik xoʻjaligi, q. x. fanlari va b. boʻlimlar bor. Un-t xuzurida bakteriologiya va patologiya in-tlari ham mavjud.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Islandiyada bir qancha gaz. va jur. lar nashr etiladi. Yiriklari: «Altidubladid» («Xalq, gazetasi», kundalik gaz., 1919-y. dan) , «Altidumadu-rini» («Sotsial-demokrat», haftalik gaz., 1931-y. dan), «Vikan» («Hafta», 2 haftada chiqadigan bezakli jur., 1938-y. dan) «Vinnan» («Mehnat», oylik jur., 1943-y. dan), «Morgunbladid» («Tonggi gazeta», kundalik mustaqil gaz., 1913-y. dan), «Tyoudvilinn» («Xalq erki», kundalik gaz., 1936-y. dan). Islandiya davlat radioeshittirish va televideniye xizmati mavjud; radioeshittirish 1930 i., televideniye 1966-y. tashkil etilgan.

Adabiyeti tarixida saga (xalq, dostonlari) yetakchi janr boʻlgan. Norvegiya va Daniya hukmronligi davrida Islandiya mada-niyati tushkunlikka uchrasada, diniy qoʻshiqlar qatorida qahramonlik qoʻshiqlari ham yaratildi. 18-a. dava 19-a. boshlarida Islandiya adabiyotida jonlanish yuz berdi. B. Torarensen, Y. Xadlgrimsson romantizmning yirik vakillari sifatida maydonga chiqishdi. T. Erlingsson, G. Paulsson kabi shoir va adiblar ijodi realistik ruh bilan sugʻorilgan. X. K. Laksness island mehnatkashlarining erk uchun kurashini tasvirladi. 20-a. boshlarida dramaturgiya rivojlandi. Hoz. zamon adabiyeti taraqqiyotida mashhur hajvchi shoir S. Steynar, hikoyanavis X. Stefaunsson, lirik romanlar muallifi O. Y. Sigurdsson, dramaturg A. Bogason va b. ning roli katta.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati 11 — 13-a. lardan rivojlana boshladi. Bu davrda kitob miniatyurasi, yogʻoch oʻymakorligi sanʼati rivoj topdi. Islandlarning turar joylari langxus («uzun uy») deb atalgan. Yonma-yon joylashtirilgan bu uylar yerni chuqur oʻyib chim va torf bloklardan kurilgan. Imorat-bop yogʻoch chetdan keltirilgan. 18-a. oʻr-talarida Xoular va Reykyavikda toshdan soborlar qurildi. 19-a. da keltirilgan yogʻoch, tuf, bazalt, temirdan 2—3 qavatli uylarni qurish urf boʻldi. 1920y. lar meʼmorligiga zamonaviy shakllar, konstruksiyalar (yaxlit temir-beton, poʻlat sinch) joriy etila boshladi. Keyingi yillarda Reykyavik va Akureyri sh. larida 4—5 qavatli uylar, maʼmuriy, jamoat binolari daniyaliklar taʼsirida modern uslu-bida barpo etildi. Sigurdur Gudmund-sson, Gudyoun Samuelsson, Sigvaddi Tordarson kabi meʼmorlar yetishib chik,-di (Reykyavikdagi milliy teatr bino-si, 1928—32, Tibbiy markaz, 1946—50 va b.).

Tasviriy sanʼat ijodkorlari mustamlakachilik zulmi ostida xam qad. naqqoshlik, oʻymakorlik anʼanalarini davom ettirdilar. 19-a. da milliy ozodlik kurashi kuchayishi bilan Islandiyada rassomlik sanʼatiportret (Sigurdur Gudmundsson) va manzara (Tourarini Torlauxsson, Ausgrimur Younsson) janri rivoj topdi. Rassomlar ijodida Islandiyaning yov-voyi, bokira tabiati qiyofasi milliy uygʻonish ramzi sifatida ifodalandi. 20-a. da Kyarval izgʻirin shimol tabiatini, Gudmundur Torsteynsson xalq ertaklari va afsonalari qahramonlarini, Kristin Younsdouttir, Gunlyoygur Shkeving esa mehnatkash xalq turmushini tasvirladilar. Hay-kaltaroshlardan Eynar Younsson, Aus-mundur Sveynsson va b. island xalqining tarixi, hayoti va folklori mav-zularini haqqoniy gavdalantirdilar. Hoz. zamon rassomchiligida realistik anʼanalar bilan birga modern oqimi ham yoyilgan. Xalq amaliy sanʼati turlari (oʻymakorlik, kashtachilik va b.) rivojlangan.

Musiqasi. Anʼanaviy musiqasi, asosan, diniy aytimlari (grigorian, keyinchalik protestant xoralp) hamda xalq (qaxramonlik mavzuidagi rimur, raqsbop vikivaki) qoʻshiqlaridan ibo-rat. Xalq cholgʻularidan torli-kamonli langshpil va fidla sozlari mavjud. Islandiya professional musiqasi 19-a. oxiridan tez rivojlana boshladi. Unga milliy madhiya muallifi kompozitor S. Svey-nbyornsson asos soldi. U orkestr, fortepiano va skripka uchun asarlar, kantata, balladalar yozdi. 20-a. da Yevropa konservatoriyalarida taʼlim olgan kompozitorlar island folklori asosida milliy musiqa yaratishga harakat qildilar. Kompozitorlardan P. Iso-ulfsson, Y. Leyfs, E. Torodsen, Y. Torarinsson, xonandalardan G. Simonar, S. Islandi, pianinochi A. Beyte-nensson va b. mashhur. Reykyavikda Oliy musiqa maktabi, Islandiya davlat sim-fonik orkestri, musiqa doʻstlari ja-miyati, Kamer musikasi klubi, Jaz klubi va b. bor. Akureyri, Akranes, Xabnarfyordur va b. shaharlarda ham musiqa jamiyatlari mavjud.

Teatri. Skaldlar sheʼriyati va qad. xalq dostonlarida teatr sanʼati unsurlari boʻlgan. 1720-y. dan Skaulxoltdagi lotin maktabi dastlabki teatr tomoshalarini koʻrsata boshladi. Bu teatr 1799-y. da Reykyavikka koʻchdi va 19-a. ning 2-yarmigacha teatr madaniyatining markazi boʻldi. Dramaturg S. Pyetursson 18-a. 2-yarmi va 19-a. boshlaridagi island teatrining yirik arboblaridan edi. 19-a. 2-yarmidan havaskorlik teatr toʻgaraklari tuzilib, M. Yoxumsson va I. Eynarsson pyesalari sahnalashtirildi. 1897-y. da tashkil topgan Reykyavik teatr jamiyati professional teatr ga asos soldi. Islandiya dramaturglarining pyesalari, shuningdek, V. Shekspir, F. Shiller asarlari sahnalashtirildi. 1950-y. milliy teatr tashkil etildi. J. Verdi operalari, Islandiya Shtraus operettalari va F. Lou baletlari teatr sahnasidan oʻrin oldi. Reykyavik va b. shaharlarda bir necha yarim professional truppalar mavjud. Islandiya Bore, L. Paulsson, X. Byornsson, K. Keld, X. Skulasson kabilar Islandiyaning eng yaxshi rej. va aktyorlaridir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x