YIL FASLLARI

YIL FASLLARI — bahor, yoz, kuz, qish. Y. f. ning almashinishi Yer aylanish oʻqining orbita (Yerning Quyosh atrofida aylanish yoʻli) tekisligiga nisbatan ogʻishganligi (66°33ʻ) sabab boʻladi. Yer Quyosh tevaragida aylanganda Yer oʻqining yoʻnalishi oʻzgarmaydi. Shu sababli Yer Quyosh atrofida aylanar ekan bir Shim. qutb, bir Jan. qutb Quyoshga qarab qoladi. Shim. qutb Quyoshga roʻpara boʻlganda … Читать далее

VONSOVSKIY Sergey Vasilyevich

VONSOVSKIY Sergey Vasilyevich (1910.20. 8, Toshkent) — fizik olim, akad. (1966). Ilmiy ishlari metallar hamda yarimoʻtkazgichlarning magnit va elektr xossalarini, ferromagnetizmni oʻrganishga, oʻtish metallari va qotishmalar uchun oʻta oʻtkazuvchanlik nazariyasini yaratishga bagʻishlangan. Vonsovskiy ferromagnitlar qutb modellarini taklif qilgan va bu modellar asosida Kyuri nuqtasi yaqinidagi ferromagnitlarning umumiy nazariyasini ishlab chiqqan (k,. Antiferromagnetizm). Пост Навигацияси

BAFFIN YERI

BAFFIN YERI — Kanada Arktika Arxipelagiaatk eng yirik orol. Mayd. 476 ming km2. Orolda qariyb 3,4 ming kishi yashaydi. Baffin yeri arxey va proterozoy burmalaridan tuzilgan. Shim. Amerika qalqonida joylashgan. Sharqiy qirgʻoqlari baland (2591 m gacha) va fyord koʻp; gʻarbiy qirgʻoklari past. Orolning koʻp qismi yassitogʻ va ayrim togʻlardan iborat. Gʻarbida botqoqlik va koʻl koʻp. … Читать далее

VAYGACH

VAYGACH — Shim. Muz. okeanidagi orol, Barens va Kara dengizlari orasida. Vaygachni materikdan torgina Yugorskiy Shar boʻgʻozi, Novaya Zemlya o. dan esa keng Kara Darvozasi boʻgʻozi ajratib turadi. Maʼmuriy jihatdan RF Arxangelsk viloyati Neneslar muxtor okrugiga qaraydi. Mayd. 3,4 ming km2, uz. 100 km, eni 45 km. Iqlimi sovuq. Tundra oʻsimliklari oʻsadi. Qutb tulkisi, oq … Читать далее

VORKUTA

VORKUTA — RF Komi Respublikasidagi shahar (1943-y. dan), Vorkuta daryosi boʻyida, Qutb doirasidan 160 km shim. da. Kotlas sh. dan boradigan t. y. ning oxirgi st-yasi. Aholisi 117 ming kishi (1999). Pechora koʻmir havzasida koʻmir qazib chiqariladigan yirik markaz (Vorkuta koʻmir k-ti bor). V. da yogʻoch k-ti, mexanika, tuzatish-mexanika, qurilish materiallari (sement, gʻisht) va b. … Читать далее

VRANGEL OROLI

VRANGEL OROLI — Shim. Muz okeanidagi orol, Sharqiy Sibir va Chukotka dengizlari oraligʻida. Mayd. 7300 km2. Orolning eng baland joyi 1096 m, fillit, granit, gneys, kristalli slaneslardan tuzilgan. Ikdimi juda sovuq. Yillik oʻrtacha t-ra —1 G. Yoz salqin va qiska, iyulning oʻrtacha t-rasi 2° dan 2,5» gacha. Tabiati Arktika tundrasiga xos. Qutb st-yasi bor (1926-y. … Читать далее

GAGARALAR

GAGARALAR (Gaviiformes) — qushlar-ning bir turkumi. 5 turi: qiziltomoq gagara (G. stellata), qoratomoq gagara (G. arctica), oqboʻyinli gagara (G. pacifi ca), oq tumshuqli gagara (G. adamsii), qutb gagarasi (G. immer) mavjud. Nisbatan yirik qushlardan. Ogʻirligi 1 kg dan 6,4 kg gacha. Suv muhitida yashashga juda yaxshi moslashgan. Hayotining asosiy qismini suvda oʻtkazadi, koʻpayish uchun quruqlikka … Читать далее