KANADA ARKTIKA ARXIPELAGI

KANADA ARKTIKA ARXIPELAGI — Shim. Muz okeanidagi yirik orollar guruhi, Shim. Amerikaning eng shim. sohili yaqinida, Kanadaga qarashli. Mayd. 1,3 mln. km2. Yirik o. lari: Baffin Yeri, Elsmir, Viktoriya. Materik sayozligida joylashgan. Relyefi, asosan, tekislikdan iborat, sharqiy qis-midagi togʻlarning eng bal. joyi 2926 m (Elsmir o. da). Neft, tabiiy gaz, temir, mis rudasi konlari bor. … Читать далее

KOSPAS—SARSAT

«KOSPAS—SARSAT» — dengiz kemalari va samolyotlarga oʻrnatilgan va avariya holatlarida yordamga chaqiradigan radiosignallar koordinatalarini aniqlaydigan Yer sunʼiy yoʻldoshlari (YESY) tizimi nomi; kosmik fazodan tinchlik maqsadlarida foydalanish va ularni tadqiq etish boʻyicha SSSR va AQSH oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida qurilgan. «Kospas—sarsat — S.» tizimining «kospas» qismi SSSRning Dengiz floti vazirligining buyurtmasi, «sarsat» qismi esa AQSH (NASA, … Читать далее

QUYOSH

QUYOSH — quyosh sistemasining markaziy jismi; Yerga eng yaqin joylashgan yulduz. Unda sistemaning 99,866% massasi (Mo=1,99T033 g) joylashgan. Quyosh qizigan plazmali shardan iborat, radiusi Ko=696000 km. U massasi boʻiicha Yerdan 332958, diametri boʻyicha 109-marta katta. Oʻrtacha zichligi 1,41T03 kg/m3. Yer Quyosh atrofida oʻrtacha 29,5 km/sek tezlik bilan choʻziq boʻlmagan el-lipsoid orbita boʻylab harakatlanadi. Yerning Quyoshdan … Читать далее

BALANDLIK MINTAQALARI

BALANDLIK MINTAQALARI — togʻlarda mutlaq balandlikning ortib borishi bilan tabiiy xususiyatlarning qonuniy oʻzgarishi. Geomorfologik, gidrologik, tuproq hosil boʻlish jarayonlari, oʻsimlik va hayvonot dunyosi tarkibining oʻzgarishida kuzatiladi. Balandlik mintaqalarining xususiyatlari yon bagʻirlarning ekspozitsiyasi (roʻparaligi), ularning hukmron havo massalariga nisbatan joylashganligi va okeanlardan uzoqligi b-n aniqlanadi. Mintaqalar soni odatda baland togʻlarda ekvatorga yaqinlashgan sari ortadi. Atmosfera bosimi … Читать далее

QARQARALAR

QARQARALAR, qoʻtonlar — laylaksimonlar turkumining oilasi. 32 urugʻi va 66 turi maʼlum. Qutb hududlaridan boshqa hamma joylarda tarqalgan. Oʻzbekistonda 5 uruqqa mansub 8 turi uchraydi. Tanasi 28—140 sm, qanoti 13,5—47 sm, ogʻirligi 1,25 — 2 kg. Boʻyni, oyoqlari va barmogʻi uzun, oʻrta barmoq tirnogʻi tishchali. Tumshugʻi toʻgʻri, uchli. Patlari koʻkimtir, kulrang, qoʻngʻir, oq, koʻpincha xolli. … Читать далее

KLOSON

KLOSON Jerard (1891, Malta oroli — 1971, London) — ingliz turkiyshunosi. Qutb Xorazmiyning Britaniya muzeyida sakdanayotgan «Muhabbatnoma» asariga tafsir yozgan (1928). Turkiyshunoslikka oid ellikka yaqin ilmiy ish eʼlon qilgan. Lugʻatshunoslik uning faoliyatida alohida oʻrin tutadi. Navoiy asarlari uchun tuzilgan «Sangloh» lugʻatini (keng izoq, batafsil sharh va ilovalar b-n; 1960), «13-asrgacha boʻlgan turkiy tillarning etimologik lugʻati»ni … Читать далее

DEHQONCHILIK

DEHQONCHILIK — 1) oʻsimlik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun madaniy oʻsimliklar (q. x. ekinlari)ni yetishtirish; q. x. ning asosiy tarmoklaridan biri. Aholini oziq-ovqat mahsulotlari, chorvachilikni yem-xashak, koʻpgina sanoat tarmoushri (oziq-ovqat, toʻqimachilik, farmatsevtika va b.)ni xom ashyo bilan taʼminlaydi. Chorvachilik bilan uzviy bogʻliq. Dalachshshk (asosiy tarmoq), sabzavotchshshk, polizchshshk, bogʻdorchilik, gulchilik, yaylov-oʻtloqchilik kabi tarmoklarga boʻlinadi. Dehqonchilikda ekinlarni parvarishlash … Читать далее

YEVROPA

YEVROPA (yun. Europe, osuriy tilida «ereb» — gʻarb) — qitʼa, Yevrosiyo materigining gʻarbiy qismi. Mayd. 10507 ming km2; 730 ming km2 ni orollar tashkil etadi. Qitʼa Shim. yarim sharda joylashgan, Osiyo bilan chegarasi shartli ravishda Ural togʻlarining sharqiy etagi, Emba daryosi, Kaspiy dengizi, Kumamanich botigʻi orqali va Don daryosining quyilish joyidan oʻtkazilgan. Shim. dan Shimoliy … Читать далее

QUTBIY OʻLKALAR

QUTBIY OʻLKALAR, qutb oʻlkalari — Yer sharining Shim. va Jan. qutblari atrofidagi qattiq tabiatli sovuq oʻlkalar. Eng iliq oyning oʻrtacha t-rasi 5° boʻlgan izotermalar oʻtgan joylar Qutbiy oʻlkalar chegarasi hisoblanadi. Yillik radiatsiya balansi 1 sm2 ga 1 kkal. Yil davomida arktika va antarktika havosi hukmron. Quyosh nurining kam tushganligidan iqlim sovuq. Qish oylarida oʻrtacha t-ra … Читать далее

DARRANDACHILIK

DARRANDACHILIK — teri (moʻyna) olish maqsadlarida qimmatbaho moʻynali hayvonlarni boqish; chorvachilik tarmogʻi. Darrandachilikda noyob moʻyna beradigan kumushrang-qora tulki, shimol (qutb) tulkisi, qorakuzan (norka), suvsar (sobol), nutriya (suv kalamushi), ondatra, qunduz va b. hayvonlar kataklarda boqib, yetishtiriladi. Koʻpgina mamlakatlarda sanoat asosida ishlaydigan maxsus Darrandachilik fermalari va xoʻjaliklari tashkil qilingan. Ular tovar (moʻyna) yetishtirish va naslchilik ishlari … Читать далее