MARATHALAR DAVLATI

MARATHALAR DAVLATI — 17-a. ning 2-yarmi va 19-a. boshida Maharashtra (Hindiston)da mavjud boʻlgan davlat. Maharashtraning aholisi musulmon yer egalari tomonidan gʻoyat jabrlangan. Ular shu bois boburiylar hukmronligiga qarshi ozodlik harakatlari boshlagan. Bu qoʻzgʻolonga Shoxji, soʻngra uning oʻgʻli Shivaji boshchilik kilgan. 1674-y. da mustaqil Marathalar davlati tuzilgan. Marathalar davlatini markazlashtirish maqsadida bir necha maʼmuriy islohot oʻtkazilgan, … Читать далее

MEHNAT UNUMDORLIGI

MEHNAT UNUMDORLIGI — i. ch. jarayonida kishilar mehnatining foydaliligi, samaradorligi va mahsuldorligi; M. u. ishlovchining maʼlum vaqt birligi (soat, smena, oy, yil) ichida tayyorlagan mahsulot hajmi bilan oʻlchanadi. I. ch. tarmoqlari va korxonalarda mehnat unumdorligi yalpi yoki sof mahsulot asosida hisoblanadi. Yillik mahsulot hajmini oʻrtacha ishlovchilar soniga boʻlish orqali bir ishlovchi hisobiga yaratilgan mahsulot aniqlanadi. … Читать далее

MEVALI DARAXTLARNI YoSHARTIRISH

MEVALI DARAXTLARNI YoSHARTIRISH — yangi novdalar oʻsib chiqishi uchun daraxtlarning eski va qurigan shoxlarini kesish; daraxt umrini uzaytirish va hosil berishini tiklash usullaridan biri. Mevali daraxtlar kariganida, asosiy shoxlarini tiklash, novdalarining oʻsishini tezlashtirish hamda meva hosil qiluvchi organlarini shakllantirish maqsadlarida qoʻllaniladi. Koʻpgina 25—30 yoshdagi olma, nok, 15—20 yoshdagi oʻrik, 8—12 yoshdagi olxoʻri, gilos va b. … Читать далее

PALEOGEN SISTEMASI

PALEOGEN SISTEMASI (DAVRI) (yun. palaios — qadimgi va genos — tugʻilish, yoshi) — Yer tarixi kaynozoy eratermasinint boshlanish davri. Paleogen sistemasi s taxm. 65—66 mln. yil muqaddam boshlanib, 40—42 mln. yil davom etgan. Paleogen sistemasi yotqiziqlari Yer yuzida keng tarqalgan boʻlib, Amerika, Yevropa, Shim. Amerikaning anchagina qismini qoplab yotadi. Paleogen sistemasida yirik tektonik harakatlar boʻlib … Читать далее

MEXANIKA VA INSHOOTLARNING SEYSMIK MUSTAHKAMLIGI INSTITUTI

MEXANIKA VA INSHOOTLARNING SEYSMIK MUSTAHKAMLIGI INSTITUTI, Oʻzbekiston FA M. T. Oʻrozboyev nomidagi Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi instituti — mexanika muammolari, paxta terish mashinasi mexanikasi, bino va inshootlarning zilzilaga chidamliligi, muhitlar mexanikasi masalalari bilan shugʻullanadigan i. t. muassasasi. Dastlab Inshootlar in-ti nomi bilan Toshkentda 1947-y. tashkil qilingan, 1959-y. shu in-t lab. lari asosida Qurilish va … Читать далее

PUERTO-RIKO

PUERTO-RIKO (Puerto Rico) , Puerto-Riko Hamdoʻstligi (Commonwelth of Puerto Rico) — Vest-Indiyada Katta Antil o. lari arxipelagining sharqiy qismidagi Puerto-Riko, Vyekes, Kulebra va Mona o. larida joylashgan AQSH mulki. Mayd. 8,9 ming km2. Axrlisi 3,95 mln. kishi (2002). Maʼmuriy jihatdan 78 munitsipal okrug (district)ra boʻlinadi. Maʼmuriy markazi — San-Xuan sh. Davlat tuzumi. P.-R. AQSHga «erkin … Читать далее

MUHAMMAD AMIN INOQ

MUHAMMAD AMIN INOQ (taxm. 1730—1790. 14.4) — Xiva xonligini idora qilgan qoʻngʻirot sulolasi asoschisi. Inoqlardan. Muhammad Amin Inoq 1761-y. inoklik lavozimiga koʻtarilgan. Turkmanlarning yovmut va chovdur kabilalariga qarshi kurash olib borgan, lekin mu-vaffaqiyatsizlikka uchrab Buxoroga, Doniyolbiy otaliq yoniga ketgan. Xorazmni butunlay egallab olgan yovmutlar Xiva taxtiga Gʻoyibxonning oʻgʻli Jahongirxonni koʻtarganlar. Uning davrida (1769—70) besh qalʼa … Читать далее

MUZLIKLAR

MUZLIKLAR — siljib turadigan tabiiy muz toʻplamlari. Bir sutkada bir necha sm dan oʻnlab m gacha siljiydi. Muzliklar koʻp yillar davomida toʻplangan krrlardan paydo boʻladi. Qutb oʻlkalarida (Antarktida, Grenlandiya va shim. orollarda) kalinligi 2 —3 km ga yetadigan muz qatlamlari hosil boʻladi. Muzliklar morfologik jihatdan 3 turga: yer usti muzligi, togʻ muzligi va qirgʻokdagi dengizga … Читать далее

MUHARRAM

MUHARRAM (arab. — taqiqlangan, muqaddas) — qad. arablarning Oy taqvimida, shuningdek, musulmonlarning hijriy yil hisobit birinchi oy. Muharram islomdan ilgari ham arablarda muqaddas oy hisoblangan, bu oyda qabilalar oʻrtasidagi urushjanjallar va qon toʻkishlar taqiqlangan. Bu M. oyining nomidan ham koʻrinib turadi. Muharram oyining birinchi oʻn kunida shialar imom Husaynni yodlab motam tutadi, turli diniy marosimlar … Читать далее

MOXOV

MOXOV (arab, maxv — yoʻq qilish yoki chetlatish) , lepra, prokaza — butun organizmni, xususan, teri, nerv sistemasi hamda ichki aʼzolarni zararlaydigan surunkali infeksion kasallik. Uni kislotaga chidamli moxov mikobakteriyasi (Mycobactererium leprae Hansen) qoʻzgʻatadi. Kasallik tarixi uzoq oʻtmishga borib taqaladi. Ayrim tarixiy qoʻlyozmalarda taʼkidlanishicha, miloddan 3 — 3,5 ming yil avval M. Misrda uchragan. Moʻgʻuliston, … Читать далее