MEXANIKA VA INSHOOTLARNING SEYSMIK MUSTAHKAMLIGI INSTITUTI

MEXANIKA VA INSHOOTLARNING SEYSMIK MUSTAHKAMLIGI INSTITUTI, Oʻzbekiston FA M. T. Oʻrozboyev nomidagi Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi instituti — mexanika muammolari, paxta terish mashinasi mexanikasi, bino va inshootlarning zilzilaga chidamliligi, muhitlar mexanikasi masalalari bilan shugʻullanadigan i. t. muassasasi. Dastlab Inshootlar in-ti nomi bilan Toshkentda 1947-y. tashkil qilingan, 1959-y. shu in-t lab. lari asosida Qurilish va arxitektura i. t. in-tiga aylantirilgan. Oʻsha yili bu in-tning qurilish mexanikasi, gruntlar mexanikasi lab. lari Oʻzbekiston FA Matematika va mexanika in-tining aerodinamika lab. hamda paxta terish mashinalari boʻlimlari qoʻshilib, Mexanika in-ti tashkil qilindi. 1963-y. shu in-t qoshida hisoblash markazi tuzildi va in-t Mexanika in-ti va qisoblash markazi deb ataldi. 1966-y. dan hozirgi nomi bilan yuritiladi, 1970 yil in-t asoschisi Mexanika Va Inshootlarning Seysmik Mustahkamligi Instituti Oʻrozboyev nomi berilgan. In-tda 8 lab., ilmiytexnika axboroti va patent, litsenziya boʻlimi, aspirantura, doktorantura, mexanika ustaxonasi, kutubxona (50 ming kitob) bor (2003). In-tda konstruksiyalar va inshootlarning mustahkamligi va seysmodinamikasiga, koʻp fazali va kup komponentli muhitlarga, paxtachilik, yengil sanoat va transport kompleksidagi mashina va mexanizmlar tizimlari nazariyalariga oid i. t. ishlari olib boriladi. In-tning asosiy ilmiy yoʻnalishlari: seysmik mustahkamlik; mexanizmlar va paxta terish mashinalari nazariyasi; koʻp komponentli muhitlar mexanikasi. In-tda 135 dan ortiq xodim faoliyat koʻrsatadi (2003). In-t faoliyati K. Bo-bomurodov, A. D. Glushchenko, A. A. Ilyushin, O. V. Lebedev, R. Muxitdinova, V. T. Rasskazovskiy, X. Raxmatullin, T. Rashidov, A. A. Rizayev, H. Usmonxoʻjayev, M. Oʻrozboyev, J. Fayzullayev, V. Krbulov, va b. olimlar nomi bilan bogʻliq.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x