VETERAN

VETERAN (lot. veteranus, vetus — keksa soʻzidan olingan) — 1) Qad. Rimda armiya xizmatini oʻtab boʻlgan soldat. V. larga yer ajratilgan (Italiya yoki uning provinsiyalarida) yoki pul mukofoti, shuningdek Rim fuqarosi huquqi berilgan, ular har xil majburiyatlardan ozod etilgan; 2) keksa jangchi, oʻtmishdagi urush qatnashchisi; 3) biror sohada uzoq yil ishlagan yoki xizmat qilgan kishi … Читать далее

BOSMAXONA

BOSMAXONA — matbaa mahsulotlari (kitob, jurnal, gazeta, plakat, blank va b.) tayyorlaydigan sanoat korxonasi. Qadimda risolalar asosan qoʻlyozma tarzida tayyorlangan. Sharqda qoʻlyozmalarni xattotlar bejirim qilib oqqa koʻchirib, naqqoshlar bezaklar bilan bezashgan, muqovasozlar varaqlarni tikib va qolipga tortib, kitob holida chiqarishgan q(. Noshirlik). Kitob bosishga doir dastlabki tajribalar Xitoyda 1041—48 y. larda amalga oshirilgan (Bi Shen). … Читать далее

BOBURIYLAR DAVLATI

BOBURIYLAR DAVLATI — Zahiriddin Muhammad Bobur asos solgan davlat (15261858). 1517-y. dan boshlab Dehli sultonligitsa ichki nizolar avj olib, sultonlik inqiroega yuz tutdi, mahalliy hokimlar markaziy hukumatga boʻysunmay qoʻydi. Lohurda Davlatxon, Dexlida Ibrohim Loʻdiy, Mevarda Rano Sango mustaqillik eʼlon qildilar. Bobur bundan foydalanib 1519 va 1524-y. lari Kobuldan Panjobga yurish qildi va katta oʻljalar olib … Читать далее

BIBLIYA

BIBLIYA (yun. Biblia — kitoblar) — yahudiylik va xristianlikda muqaddas hisoblangan diniy kitoblar va risolalar majmuasi. Bibliya ikki asosiy qismga — Qadimgi ahd va Yangi dhdga boʻlinadi. «Axd» soʻzi xudoning insonlar bilan maxsus aloqasini ifodalaydi. Qadimgi avd yahudiylikda ham, xristianlikda ham muqaddas sanaladigan va eng qad. davrlarda yaratilgan diniy adabiyotlardan, Yangi axd esa faqat xristianlar … Читать далее

VINO

VINO (lot. winum — aylanuvchi, oʻraluvchi) — uzum va mevalar sharbati yoki turpini achitqilar ishtirokida spirtli bijgʻitish yoʻli bilan tayyorlanadigan ichimlik. Qadimda Sharq xalqlari Vinoni sharob, may, musallas deb yuritishgan. Hoz. davrda Vino jahondagi 45 mamlakatda ishlab chiqariladi va deyarli barcha mamlakatlarda isteʼmol etiladi. Jahon mamlakatlari oʻrtasida Fransiya va Italiyada eng koʻp uzum vinosi ishlab … Читать далее

VIZANTIYA

VIZANTIYA (Vizantiya imperiyasi) — Rim imperiyasi parchalangach, uning iqtisodiy jihatdan rivojlangan sharqiy qismida vujudga kelgan davlat (4—15-a. lar). Eng ravnaq topgan davrida uning tarkibiga Bolqon ya. o. ning katta qismi, Kichik Osiyo, Suriya, Falastin, Misr, Kirenaika, Mesopotamiyaning bir qismi, Gʻarbiy Armaniston va Gruziya, Xersones, Kipr va Krit o. lari kirgan. Poytaxti — Konstantinopol sh. boʻlgan. … Читать далее

BSJ

BSJ (Barilla de Calmette et Guerin) — sil kasalligiga qarshi vaksinatsiya uchun qoʻllaniladigan sil mikobakteriyasining kucheizlantirilgan shtammi (turi); uni Kalmet (A. Calmette) bilan Geren ( S. Guerin) qoramol oʻtidan tayyorlangan muhitda sil mikroblarini 13 yil davomida qaytaqayta undirish usuli bilan 1906-y. da yetishtirgan. BSJ kulturasidagi batsilla toʻgʻri yoki bir oz egilgan, uz. 1,5—3—5 mk, ingichka … Читать далее

VARAXSHA

VARAXSHA — qad. shahar xarobasi. Buxorodan 40 km shim.-gʻarbda, Dashti Urganji koʻlining qad. Rajfandun vohasida joylashgan. Varaxsha mayd. 9 ga va bal. 10 — 20 m li ulkan tepa shaklida saqlangan. Varaxsha va uning atrofida Varaxsha Shishkin (1937-39, 1947-54) keng koʻlamda arxeologik tadqiqotlar olib borgan; A. Muhammadjonov (1975—77), O. V. Obelchenko (1977—79), G. V. Shishkina … Читать далее

BURJ

BURJ — Quyoshning yillik koʻrinma harakati doirasidagi oʻn ikki yulduz turkumining nomlari. Bu soʻz zodiak yulduzi turkumlari Dayav, Hut. Hamal, Savr, Javzo, Saraton, Asad, Sunbula, Mezon, Aqrab, Qavs, Jadylarga nisbatan qoʻllaniladi (jadvallarga q.). Ular Quyoshning yillik koʻrinma harakat yoʻli (ekliptika) boʻylab joylashgan. Har birida Quyosh taxm. bir oycha boʻladi. Burj yulduz turkumlaridan Quyosh sistemasining deyarli … Читать далее

BOREOPATSIFIK OBLAST

BOREOPATSIFIK OBLAST — dunyo okeanining zoogeografiya oblasti, Tinch okeanining shim. qismi va okean dengizlari shim. da Bering boʻgʻozidan boshlab jan. ga taxm. 40° shim. kenglikkacha boʻlgan qismini egallagan. Harorat Arktikaga nisbatan ancha yuqori, yil davomida keng miqyosda oʻzgarib turadi. Qishda suv akvatoriyasining ancha qismida suzib yuruvchi muzlar hosil boʻladi. Yozda suv yuzasi bilan suv tubi … Читать далее