MOTAM MAROSIMLARI

MOTAM MAROSIMLARI — kishining vafoti munosabati bilan marhumning xotirasini yod etib oʻtkaziladigan marosimlar. Motam marosimlari barcha xalqlarda mavjud, u geografik sharoit, ijtimoiy-iqtisodiy tuzum, kishilarning ilmiy, diniy tasavvurlari va b. omillar taʼsirida oʻzgarib borgan. Motam marosimlari marhum vafotining maʼlum kunlarida, fasl mavsumlarida hamda diniy bayramlarda oʻtkaziladigan marosimlarga boʻlinadi. Bu marosimlarda marhumning arvohi yod etilgan, arvohni shod … Читать далее

MUʼTADIL IQLIM

MUʼTADIL IQLIM — Quyosh zenitgacha koʻtarilmaydigan moʻtadil mintaqa iqlimi. Muʼtadil iqlim 3 toifa: moʻtadil dengiz, moʻtadil kontinental va moʻtadil musson iqlimlariga bulinadi. Moʻtadil dengiz iqlimida yil davomida xavo seryogʻin, qishi nisbatan iliq boʻladi. Yozi esa jazirama, havo t-rasining yillik amplitudasi unchalik katta boʻlmaydi (10° — 15° atrofida). Bunga Gʻarbiy Yevropa iqlimi misol boʻlishi mumkin. Moʻtadil … Читать далее

MARKO POLO

MARKO POLO (Marko Polo) – (1254 — Venetsiya — 1324.8.1) — italiyalik sayyoh va yozuvchi. Marko Polo 1271—75 y. larda venetsiyalik savdogarlar bilan birga kemada Kichik Osiyo ya. o. ning jan.-sha-rqiy sohillariga, u yerdan Bagʻdod, Basra, Tabriz va Kermonga kelgan, soʻngra Balx, Qashqar, Xotan, Kampichu (Gan-chjou) sh. lari va Gobi choʻlini kesib oʻtib Qoraqurumga yetib … Читать далее

MANZARALI OʻSIMLIKLAR

MANZARALI OʻSIMLIKLAR, dekorativ oʻsimliklar — kishilarning estetik ehtiyojlarini qondirishda foydalaniladigan turli botanik oilalarga mansub madaniy va yovvoyi oʻsimliklar guruhi. Manzarali oʻsimliklar shahar va qishloqlarni koʻkalamzorlashtirish, istirohat bogʻlari, ijtimoiy, i. ch. binolari va turar joylarni bezatish, guldastalar yasash uchun oʻstiriladi. Chiroyi, barglari, gullari, mevalari rangi, tanasining gʻaroyib shakllari (shoxlari osilgan, soyabonsimon, us-tunsimon) bilan tavsiflanadi. Bir qator … Читать далее

MAKTABDAN TASHQARI TAʼLIM MUASSASALARI

MAKTABDAN TASHQARI TAʼLIM MUASSASALARI — bolalar va oʻsmirlar bilan maktabdan tashqari ish olib boruvchi ijtimoiytashkiliy va instruktiv-metolik muassasalar. Maktab bilan yaqindan boglanib ish yuritadi. Maktabdan tashqari taʼlim muassasalariga bolalar, oʻsmirlar ijoliyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, sanʼat maktablari, musiqa maktablari, studiyalar, kutubxonalar, soglomlashtirish muassasalari va b. muassasalar kiradi. Ular yil boʻyi ishlayli. … Читать далее

MOʻGʻULLAR ISTILOSI

MOʻGʻULLAR ISTILOSI — Chingizxon boshchiligidagi moʻgʻullarning Osiyo va Sharqiy Yevropaga qilgan bosqinchilik yurishlari (13-a.). Moʻgʻul noʻyonlari harbiy tashkilot tuzib, koʻp xalqlarni bosqinchilik urushiga tortdilar. Ular qoʻshinining asosiy kuchi — koʻchmanchilardan iborat koʻp sonli va juda harakatchan otliq askarlar edi. Ular bosq-inchilik urushlarida bosib olgan mamlakatlarining harbiy kuchi va texnika yutuqlaridan ham foydalanganlar. Qoʻshin birlashgan qoʻmondonlikka … Читать далее

MUHAMMAD ALIXON

MUHAMMAD ALIXON (taxm. 1803/ 06—1842, Qoʻqon) — Qoʻqon xoni (1822—41). Umarxon va Nodiranmng oʻgʻli. Otasi Umarxon vafotidan keyin 17 yoshida taxtga oʻtirgan. Hukmronlik davrida xonlik hududini kengaytirishga uringan. Jan. Olay togʻ etagidagi tojiklar boʻysundirilgan. Qorategin butunlay, Darvoz, Shugʻnon, Roshan, Vohon faqat nomigagina zabt etilgan. 1829-y. Qashqarga yurish qilgan. Uning bu harakatidan foydalangan Qashqar musulmonlari xitoylarga … Читать далее

MAKKAJOʻXORI

MAKKAJOʻXORI (Zea mays L.) – bo-shokdoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻtsimon oʻsimliklar turi, don va yem-xashak ekini. M. Yer sharidagi yovvoyi holda oʻsmaydigan eng qad. ekinlardan biri. Vatani—Markaziy va Jan. Amerika. Dastlab Meksika hududida qad. mayya va astek qabilalari tomonidan mil. dan 5200 yil avval dehqonchilikdaekilgan. Yevropaga 15-a. oxirida keltirilgan. Makkajoʻxori ekiladigan xududlar shim. kenglikning … Читать далее

MOʻYLOVOYOQLILAR

MOʻYLOVOYOQLILAR (Cirri pedia) qisqichbaqasimonlar sinfiga mansub turkum (boshqa sistema boʻyicha kenja sinf). Suv ostidagi turli narsalar, koʻpincha harakatlanuvchi hayvonlar tanasiga yopishib yashaydi. Yumshoq tanasi alohida yaproqlardan iborat chigʻanoqb-n qoplangan. Bunday «uycha» ichidagi Moʻylovoyoqlilar qorin qismi tepaga qaragan boʻladi. Moʻylovga oʻxshash koʻkrak oyoqlar uychaning ochiladigan t«omcha»sidan chiqarilib, yelpigʻich singari yoyiladi. Moʻylovoyoqlilar moʻylovoyoqlari yordamida suvdan mayda filtratlarni … Читать далее

PASSAT OQIMLARI

PASSAT OQIMLARI — okean yuzasida passatlar taʼsirida hosil boʻladigan suv oqimlari. Atlantika va Tinch okeanlarda — Shim. va Jan. Passat oqimlari, Hind okeanida — Jan. yarim shardagi Passat oqimlari mavjud. Passat shamollari esib turga-nidan Passat oqimlari sharkdan garbga tomon soatiga 1—2 km tezlikda harakat qiladi (okeanlarning gʻarbiy qismlarida bu tezlik soatiga 3 km ga yetadi). … Читать далее