MEHNAT UNUMDORLIGI

MEHNAT UNUMDORLIGI — i. ch. jarayonida kishilar mehnatining foydaliligi, samaradorligi va mahsuldorligi; M. u. ishlovchining maʼlum vaqt birligi (soat, smena, oy, yil) ichida tayyorlagan mahsulot hajmi bilan oʻlchanadi. I. ch. tarmoqlari va korxonalarda mehnat unumdorligi yalpi yoki sof mahsulot asosida hisoblanadi. Yillik mahsulot hajmini oʻrtacha ishlovchilar soniga boʻlish orqali bir ishlovchi hisobiga yaratilgan mahsulot aniqlanadi.

Mehnat unumdorligining oʻsishi mahsulot birligini i. ch. da mehnat sarfining kamayishi demakdir. Mehnat unumdorligi yuqori boʻlsa, jami-yat har bir xodim hisobiga koʻproq mahsulot tayyorlash, binobarin, oʻzining oʻsib borayotgan ehtiyojlarini toʻlaroq qondirish imkoniyatiga ega boʻladi. Mehnatning asosiy kapital bilan taʼminlanishini yaxshilash, fantexnika taraqqiyoti yutuqlari va yangi texnologiyani joriy etish, i. ch. jarayonlarini avtomatlashtirish, xodimlarning malakasini va texnik tayyorgarlik darajasini, madaniyatini, maʼlumotini oshirish Mehnat unumdorligi oʻsishining eng muhim omillaridandir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x