MUZLIKLAR

MUZLIKLAR — siljib turadigan tabiiy muz toʻplamlari. Bir sutkada bir necha sm dan oʻnlab m gacha siljiydi. Muzliklar koʻp yillar davomida toʻplangan krrlardan paydo boʻladi. Qutb oʻlkalarida (Antarktida, Grenlandiya va shim. orollarda) kalinligi 2 —3 km ga yetadigan muz qatlamlari hosil boʻladi. Muzliklar morfologik jihatdan 3 turga: yer usti muzligi, togʻ muzligi va qirgʻokdagi dengizga tomon yastanib yotgan shelf turidagi muzlikka boʻlinadi. Togʻ muzligining yiriklari: Alyaskadagi Bering (170 km), Pomirdagi Fedchenko (77 km), Qoraqurumdagi Siachen (75 km) va b. Eng yirik togʻ muzligi Oʻrta Osiyo togʻlarida. Yer yuzidagi Muzliklarning umumiy mayd. 16,1 mln. km2 dan koʻproq (quruklikning taxm. 11%), hajmi taxm. 30 mln. km3. Shundan 15 mln. km2 kugb muzligi hisoblanadi. Tyanshanda 8622 km2, Pomirda 8400 km2, Kata Kavkazda 1430 km2 , Frans-Iosif yerida 13735 km2, Novaya Zemlyada 22423 km2. Severnaya Zemlyada 12472 km2, Kamchatkada 866 km2, Oltoyda 800 km2 dan koʻproq muzlik bor.

Muzliklar koʻrinishi va xususiyatlari jixatidan xam boʻlinadi. Mas, ostki qavati qattiq muzdan iborat firn muzligi, soʻngan vulkan kraterlarida joylashgan kaldera muzligi, yuqori qismiga qor toʻplanadigan havza, quyi qismi muzlik tilidan iborat vodiy muzligi va X..K. Bulardan tashqari, vodiyda sharsharaga oʻxshab osiliv turgan osma vodiy muzligi, togʻning ikki yon bagʻriga oqib tushgan xurjun shaklidagi muzlik (Pomirdagi Nalivkin muzligi), yassitogʻlarda joylashgan Skandinaviya tipidagi muzlik, materikni qoplab olgan Grenlandiya tipidagi materik muzligi (Arktika va Antarktidada) bor. Muzliklar chuchuk suv manbai xisoblanib, ayniqsa, qurgʻoqchil r-nlarda (mas, Oʻrta Osiyoda) katta ahamiyatga ega. Oʻrta Osiyo togʻlarida 7000 gayaqin kattakichik Muzliklar bor. Ularda taxm. 2000 km3 suv boʻlib, u Oʻrta Osiyo daryolaridan deyarli 12 yil davomida oqadigan suv miqdoriga teng. Oʻzbekistondagi koʻpgina yirik daryolar, mas, Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Chirchiq, Soʻx va b. M. dan boshlanadi va respublika xalq xoʻjaligidagi shirkat va dehqon fermer xoʻjaliklari yerlarini . suv bilan taʼminlashda katta ahamiyatga ega. Muzliklar dagi suv resurelaridan toʻgʻri va ratsional foydalanish uchun muzlik rejimini, tashki va ichki jarayonlarini bilish lozim. Bu ishlar bilan asosan, glyatsiologiya fani shugʻullanadi. Oʻrta Osiyodagi Muzliklar, asosan, Oʻzbekiston FA, Oʻrta Osiyo Gidrometeorologiya in-ti va qoʻshni mamlakatlar ilmiy markazlari tomonidan oʻrganilmoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x