PUGACHENKOVA Galina Anatolyevna

PUGACHENKOVA Galina Anatolyevna (1915.7.2, Olmaota) — sanʼatshunos, arxeolog olim. Oʻzbekiston FA akad. (1984), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1964). Oʻrta Osiyo industrial in-tini tugatgan (1937). Oʻrta Osiyo un-ti (ToshDU) tarix f-ti arxeologiya kafedrasi do-senti (1942—60), prof. (1962). Sanʼatshunoslik i. t. institutida katta il-miy xodim (1958— 60), sanʼat va meʼmorlik tarixi boʻlimi mudiri (1960 — 84) hamda, ayni bir paytda, Oʻzbekiston sanʼatshunoslik ekspedi-siyasi boshligʻi va ilmiy rahbari (1959—84), Oʻzbekiston FA Tarix, tilshunoslik va adabiyotshunoslik fanlari boʻlimi akad.-kotibi (1984 — 87), 1987-y. dan Oʻzbekiston FA Tarix i. t. institutida akademikmaslahatchi. Pugachenkovaning ilmiy ishlari Oʻrta Osiyo va unga yondosh Oʻrta Sharq mamlakatlarining qad. va oʻrta asrlar badiiy va moddiy yodgorliklarini oʻrganishga ba-gʻishlangan. Oʻrta Osiyo meʼmorligi va uning taraqqiyoti, oʻziga xos xususiyatlari hamda Sharq meʼmorligi rivojida tutgan oʻrni (Xolchayon, Dalvarzintepa kabi yodgorliklarni oʻrganish, Kushan sanʼatining kelib chi-qishi, Baqtriya, Parfiyaning Gandxara sanʼatiga qoʻshgan hissalari) ni, qad. sanʼat osori atiqalari (Oʻrta Osiyo gliptikasi, kdd. haykal-taroshligi va b.) va miniatyura sanʼati (xorijda saqlanayotgan Oʻrta Osiyoga oid rasmlar va Oʻzbekistonda mavjud rasmli qoʻlyozmalarni bezagan mi-niatyuralardan Oʻrta Osiyo miniatyura maktabiga tegishlilari)ni tadqiq etgan.

Fransiyadagi Strasburg un-tining faxriy dri (1976), Bokudagi Sharq mamlakatlari xalqaro meʼmorlik aka-demiyasi faxriy akad. (1999). Hamza (1966) va Beruniy (1992) nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofotlari lau-reati. «Doʻstlik» (1995) va «Buyuk xizmatlari uchun» (2002) ordenlari bilan mukofotlangan.

As: Vыdayuщiyesya pamyatniki izobrazitelnogo iskusstva Uzbekistana (v soavtorstve), T., 1960; Xalchayan. K probleme xudojestvennoy kulturы Severnoy Baktrii, T., 1966; Zodchestva Sentralnoy Azii, XV vek. Veduщiye tendensii i chertы, T., 1976; Iskusstvo Baktrii epoxi Kushan, M., 1979; Iskusstvo Gandxarы, M., 1982; Temurning meʼmoriy merosi (oʻzb., rus, fransuz), T., 1996.

Ad.: Galina Anatolyevna Pugachenkova, T., 1985; Gorshenina S, Galina Pugachenkova, T., 2002.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x