MADRASA

MADRASA (arab, darasa—oʻrganmoq) — musulmonlarning oʻrta va oliy oʻquv yurti. Ulamolar va maktabdorlar, Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida davlat organlari xizmatchilarini ham tayyorlaydi. 7—8-a. larda islom dini ulamolari musulmon ilohiyoti masalalarini sharhlab berib turadigan markaz sifatida arab davlatlarida paydo boʻlgan. 9—13-a. larda islom diniga eʼtiqod qilinadigan mamlakatlarda, jumladan, Oʻrta Osiyoda tarqaldi. Madrasa larda milliy ziyolilar tayyorlangan. Abu Bakr Muhammad Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asarida aytib oʻtilgan 937-y. gi yongʻinda zarar koʻrgan «Forjak» M. si Oʻrta Osiyodagi dastlabki Madrasa lardandir. Madrasa larning xon M. lari, eshon M. lari, xususiy Madrasalar kabi turlari boʻlgan. Madrasa muassislari Madrasani taʼminlash uchun maxsus mulkvaqf ajratishgan va bu mulkni boshqaruvchi mutavvalini tayinlashgan. Madrasa larning vaqf daromadlaridan bir qismi vaqf mulkini saklab turish, Madrasa binosini taʼmirlash uchun ajratilgan, maʼlum qismi mutavvali, mudarrislar, talabalar, masjid imomi, muazzini, sartaroshi, farroshi va b. xizmatchilarga berilgan.

Madrasaga maktabxonann tugatganlar qabul qilingan. Talabalar yoshi 10 dan 40 yoshgacha boʻlgan. Ular Madrasa yotoqxonalarida yashash huquqiga ega boʻlgan kunduzgi boʻlim va darslarga erkin qatnovchi sirtqi boʻlim talabalari toifalariga ajratilgan. Madrasa oʻquv dasturining umumiy jihatlari 10—12-a. larda ishlab chiqilgan va keyinchalik takomillashib borgan. Mashgʻulotlar, odatda, sent. da boshlanib, may oyigacha davom etgan. Yoz oylari va ramazon oyida taʼtilga chiqilgan. Madrasada hafta kunlari tahsil (shanba, yakshanba, dushanba, seshanba) — mashgʻulot kunlari va taʼtil (chorshanba, payshanba, juma) — oʻtilganlarni takrorlash hamda dam olish kunlariga boʻlingan. Darslar quyosh chiqish payti (bomdod nomozidan keyinoq) boshlangan. Madrasada taʼlim 3 bosqichda: boshlangʻich (adno), oʻrta (avsat) va yuqori (aʼlo) guruhlarda olib borilgan. Adno bosqichi «Aqoid» kitobini oʻqishga oʻtguncha davom etgan, avsat bosqichi «Aqoid» kitobini oʻqishdan boshlanib, «Sharhi mulla» kitobini oʻrganguncha boʻlgan va undan keyingi murakkab qoʻllanmalarni oʻrganuvchilar aʼlo bosqichi talabalari hisoblangan. Madrasada oʻqish talabalar iqtidoriga qarab, 7—12 y. davom etgan. Oʻrta Osiyodagi Madrasa larda arab va fors tilida yozilgan kitoblar oʻqitilgan, ular talabalarga mudarris tomonidan turkiy tilda sharxlab berilgan. Madrasa oʻquv kursi, odatda, «Avvali ilm» deb nomlangan fors tilidagi oʻquv qoʻllanmasini oʻzlashtirish b-n boshlangan. Keyin oʻrta asrlarning ilmiy tili hisoblangan arab tili grammatikasi (arab tili morfologiyasi — sarfi va sintaksisi—nahvi «Bidon», «Kofiya» kabi darsliklar asosida) oʻqitilgan. Arab tili grammatikasidan soʻng oʻquv kursi 2 boʻlimga: umumtaʼlim kursi — mushkulot va fiqh kursi — masala boʻlimlariga ajratilgan. Madrasa larda fiqh kursining faroiz — meros huquqi qismi bilan birga mat. fani ham majburiy oʻquv kursiga kiritilgan. Talabalar oʻz xo-hish-istaklari va qobiliyatlariga qarab mushkulot yoki masala boʻlimlaridan birini, agar istasalar har ikki boʻlimni oʻqib tamomlashlari mumkin boʻlgan. Madrasa larda toʻliq kureni oʻqib tamomlash uchun talabalardan falsafa va huquq fanlariga oid taxm. 137 darelik — qoʻllanmani oʻzlashtirish talab etilgan. Bu dareliklarning aksariyatini oʻrtaosiyolik allomalarning asarlari, jumladan, Imom Buxoriy va Abu Iso Muhammad ibn Iso Termiziylarning hadis toʻplamlari, Abu Mansur Moturidiy Samarqandiyning «Kitob attavhid», Burhoniddin Margʻinoniynchng a«lHidoya fi sharh albidoya», Najmiddin Ali ibn Umar Qazviniyning «arrisola ash-shamsiya fi-l qavoid almantiqiya», Abdurahmon Jomiyshtg «al-Favoid addiyoiya», Mahmud ibn Ahmad Mahbubiyning «Viqoyat arrivoya fi masoil», Ubaydulloh ibn Masʼ-ud Mahbubiyning «an-Nuqoya» («Muxtasar alviqoya») kabi asarlari tashkil etgan. Madrasa larda talabalarning qiziqishlari va mudarrislarning mavjudligiga qarab, falakiyot, handasa, tibbiyot, kimyo, jugʻrofiya, tarix, adabiyot, aruz ilmi, meʼmorlik asoslari, xattotlik, musiqa, axloq, notiqlik kabi fanlar ham oʻqitilgan. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida Oʻrta Osiyo M. lari oʻquv dasturi birmuncha isloh etilib, ularda oʻqitiladigan fanlar tarkibiga turk, rus, fransuz, ingliz tillari, fizika, ziroatchilik, hisob, gigiyena, psixologiya, metodika, trigonometriya, siyosiy iqtisod, tijorat kabi fanlar kirib kela boshlagan. 19-a. oxiri — 20a. boshlarida Buxoro amirligida 336, Xiva xonligida 132, Turkiston generalgubernatorligida 348 Madrasa boʻlgan. 20-a. ning 2-choragi boshlarida sovet hukumati tomonidan Madrasalar diniy muassasalar qatorida davlatdan ajratilgan va «xurofot oʻchoqlari» tamgʻasi bilan tugatib yuborilgan. OʻzRda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi ixtiyorida qolgan bir nechta Madrasa esa endilikda faqat ruhoniylar tayyorlaydigan oʻrta va oliy diniy oʻquv yurtlariga aylantirilgan.

Madrasalar musulmon olamida meʼmorlik inshooti sifatida 10 — 11-a. larda vujudga kelgan. Ilk Madrasalar bir qavatli, oʻrtasi hovli va uning atrofi hujralardan iborat boʻlgan. Baʼzan gumbazli goʻrxona qurilib, Madrasaga homiylik qilgan kishining sagʻanasi qoʻyilgan. 14—16-a. lardan boshlabhashamatli Madrasa binolari qurish avj oddi. Ular 2—3 qavatli qurilib, odatda, katta va goʻzal peshtokli, atrofi hujralar bilan oʻralgan hovlisi, darsxona, kutubxona va mayejidi boʻlgan. Keyinrok, katta Madrasalar yoniga minora qurish rasm boʻlgan. Kirish peshtoqining roʻparasida, peshayvon boʻlib, u yozgi darsxona vazifasini bajargan hamda hovliga salobat bergan. Baʼzan Madrasa larda hujralarning hovli tomoni ravoqli ayvonlar bilan oʻralib, hovli oʻrtasida hovuz qilingan. Madrasa larning tashqi va ichki qismi har xil rangli koshinkori va ganchkori bezaklar b-n pardozlangan. Qurʼondan oyatlar va hadislar koʻchirib yozilgan. Mas, Buxorodagi Ulugʻbek M. si eshiklariga «Bilim olmoq har bir musulmon erkak va ayolning burchidir» degan hadisi-sharif bitilgan.

Madrasa umumiy qurilish tipologiyasi (tasnifi) loyihasi va qurilmasiga koʻra, ajralib turadi. Oʻrta Osiyo meʼmorligida masjid va darsxona qoidaga koʻra, peshtoqning ikki yon qanotida joylashgan. Suriya va Misrda ular kiraverishda hovlining toʻrida koʻndalangiga ayvonli qilib qurilgan. Turkiyada hovli tepasi ham gumbaz bilan qoplangan. Oʻrta Osiyo va Gʻarbiy Osiyoda odatdagidek ravokli qilib yopish uslubi qoʻllangan. Shim. Afrikada toʻsinli tomlar boʻlgan. Arab mamlakatlaridadastlabki Madrasa vazir Nizomulmulk tomonidan Bagʻdodda (11-a. ning 2-yarmida) qurilgan. Oʻrta Osiyoda Madrasa maxsus meʼmorlik inshooti sifatida qurilgani haqida tarixiy maʼlumotlar saqlangan. Shohizinda tarkibida Samarqand hokimi Tamgʻoch Bugʻroxon Ibro-him qurdirgan (11-a.) M. qoldiklari topilgan. Buxorodagi Mir Arab madrasasi, Abdullaxon madrasasi, Abdulazizxon madrasasi, Samarqanddagi Ulugʻbek madrasasi, Sherdor Madrasa, Timakori madrasasi, Xivadagi Muhammad Rahimxon madrasasi, Muhammad Amin inos madrasasi, Toshkentdagi Koʻkaldosh madrasasi, Baroqxon madrasasi, Abulqosim madrasasi, Qoʻqondagi Kamol qozi madrasasi, Andijondagi gumbaz Madrasa va b. meʼmoriy yodgorliklar sifatida mashhur.

Ad.: Kerenskiy O. M., Medrese Turkestanskogo kraya-SPb., 1892; Abdullayev Yu., Ocherki po metodike obucheniya gramote v oʻzbekskoy shkole, T., 1966; Abu Bakr Muhammad Narshaxiy, Buxoro tarixi, T., 1991; Shamsutdinov R. T., Rasulov B., Turkiston maktab va madrasalari tarixi (XIX asr oxiri va XX asr boshlari), Andijon, 1995.

Gulnora Solijonova.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x
()
x