MANOQIB

MANOQIB (arab. — fazilat) — buyuk kishilar, atoqli sanʼatkorlar, shuningdek, din namoyandalari haqida yozilgan xotira asari. Manoqib, asosan, shu kishilarning hayot yoʻli bilan tanish yoki maslaqdosh boʻlgan kishilar tomonidan yozilgan. Manoqiblar dastlabki paytlardadin peshvolari [paygʻambar Muhammad (sav), Hazrati Ali (pa.) va b. ]ga bagʻishlangan. Bularda muayyan shaxsning turmush faoliyati uchun xos xususiyatlar aks ettirilgan. Alisher … Читать далее

MAHTUMQULI

MAHTUMQULI (taxallusi Firogʻiy; 1733, Gurgan daryosi sohilidagi Hoji-govshan qishlogʻi — 1791) — turkman shoiri va mutafakkiri. Otasi Davlatmamat Ozodiy (1700—1760) ham shoir boʻlgan. Mahtumquli boshlangʻich taʼlimni oilada oʻz otasidan olgan. Soʻng qishlok maktabida Niyozsolih mulla qoʻlida oʻqigan. Dastlab M. Xalach atrofining Qiziloyoq qishlogʻidagi Idrisbobo madrasasida, keyinchalik Buxoroning Koʻkaldosh, Xivaning Shergoziy madrasalarida tahsil olgan. Nizomiy, Firdavsiy, … Читать далее

MIKROORGANIZMLAR

MIKROORGANIZMLAR — asosan, bir hujayrali mikroskopik tirik mavjudotlarning katta guruhi. Mikroorganizmlarga bakteriyalar, aktinometsitlar, achitqilar, mogʻor zamburugʻlari, mikroskopik suvoʻtlar va b. kiradi. Mikroorganizmlar prokariotlar (hujayrasida yadro va xromosoma apparati yoʻq organizmlar) va eukariotlar (hujayrasida sitoplazma va membrana bilan ajratilgan yadrosi bor bir yoki koʻp hujayrali organizmlar)ga boʻlinadi. Mikroorganizmlar tabiat (tuproq, suv, oʻsimlik qoldiqlari va b.)da keng … Читать далее

METAMORFOZ

METAMORFOZ (yun. metamorphosis — oʻzgarib qolish) — hayvonlarda Metamorfoz, yaʼni metaboliya — organizm tuzilishining tubdan oʻzgarishi. Metamorfoz tufayli lichinka voyaga yetgan organizmga aylanadi. Metamorfoz koʻpchilik umurtqasizlar, ayrim umurtqalilar — minogalar, ayrim baliklar (ikki xil nafas oluvchilar), suvda va qurukdikda yashovchilar uchun xos. Metamorfoz, odatda, ontogenezda hayvon yashash tarzining keskin oʻzgarishi, mas, suvda hayot kechirishdan quruklikka … Читать далее

MUTAGENEZ

MUTAGENEZ (mutatsiya va… genez) — fizik, kimyoviy mutagenlar taʼsirida sunʼiy mutatsiya olish. Mutatsiya keltirib chiqaradigan omillarni mutagenlar deyiladi. Mutagenlar muta-siyalarni tezlashtiradi (q. Mutatsiya). Mutagen omillar fizik (ionlovchi nurlar, rentgen nurlari, protonlar, neytronlar, ultrabinafsha nurlar, yuqori va past harorat), kimyoviy (pe-stitsidlar, gerbitsidlar), biologik (parazit organizmlarning hayot mahsulotlari, toksinlar) boʻlishi mumkin. Mutagenezdan seleksiyada qayvon, oʻsimlik va mikroorganizmlarning … Читать далее

METABOLIZM

METABOLIZM (yun. metabole — oʻzgarish) — hujayralarda sodir boʻladigan fermentativ reakiyalar majmui. Metabolizmda organik hayot faoliyati uchun zarur boʻlgan moddalar va energiya xreil boʻladi. «Metabolizm» termini, koʻpincha, moddalar va energiya almashinuvining (q. Moddalar almashinuvi) hujayrada kechadigan bosqichlarini ifodalash uchun ishlatiladi. Bu jihatdan Metabolizm tor maʼ-noda oraliq almashinuvni, yaʼni moddalarning xz^kayra ichida oxirgi mahsulotga aylanishini ifodalaydi. … Читать далее

MUHAMMADJONOV Mirzaali Valiyevich

MUHAMMADJONOV Mirzaali Valiyevich (1914.1.12 — Bagʻdod tumani, Konizar qishlogʻi — 2000.18.3) — agronom olim, davlat arbobi, Oʻzbekiston FA akad. (1952), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1964), q. x. fanlari d-ri (1962), prof. (1964). Samarqanddagi Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi in-tini tugatgan (1936). Buxoro viloyati Shofirkon MTSida bosh agronom (1936-37), SoyuzNIXIda aspirant, boʻlim mudiri (1937—41), OʻzSSR Davlat kontroli … Читать далее

MUHAMMAD SHARIF BUXORIY

MUHAMMAD SHARIF BUXORIY, al-Alaviy, Muhammad Sharif ibn Muhammad al-Husayniy al-Buxoriy (1609—1697) — buxorolik faylasuf va tarixchi. Falsafa, tasavvuf, tarix, fiqx., tilshunoslik, sheʼriyat, astronomiya sohasida 20 dan ortiq asarlar yozgan. «Arrisola addavriya» («Davriylik haqida risola») asari makon va zamon masalalariga bagʻishlangan, Adudiddin al-Idjiyning «Adudiyya aqidalari sharhiga hoshiya» va Saʼduddin Taftazoniyning «Mavlaviy Sharif tahzib sharhiga hoshiya» asarlariga … Читать далее

MIKROEVOLYUTSIYA

MIKROEVOLYUTSIYA (mikro… va evolyutsiya) — tur populyatsiyalarida sodir boʻladigan va ular genofondining oʻzgarishiga, pirovard natijada yangi turlarning paydo boʻlishiga olib keladigan evolyutsion jarayonlar majmui. Mikroevolyutsiya terminini fanga rus olimi N. V. Timofeyev—Resovskiy (1938) kiritgan. Mikroevolyutsiya tabiiy tanlanish nazoratida boʻladigan mutatsion oʻzgaruvchanlik asosida kelib chiqadi. Mikroevolyutsiya ham boshqa evolyutsion jarayonlar singari irsiy oʻzgaruvchanlik va tabiiy tanlanish … Читать далее

MAROKASH CHIGIRTKASI

MAROKASH CHIGIRTKASI (Docios-taurus maroccanus Thumb.) — toʻgʻriqanotlilar turkumiga mansub hasharot. Tanasining uz. 2,5—4,2 sm, qizgʻishsariq. Och-qoʻngʻir tusli old koʻkragidagi «x» harfiga oʻxshash oq naqshi bilan boshqa chigirtkalardan farq qiladi. Koʻzachasida 18—42 ta tuxum boʻladi. Lichinkalari 5 yosh davomida rivojlanadi. Tuxumdan lichinkalari, odatda, apr. ning 1-yarmida yoki birmuncha kechroq chiqadi. May oyida qanot chiqaradi. Bir toʻdadagi … Читать далее