MIKROEVOLYUTSIYA

MIKROEVOLYUTSIYA (mikro… va evolyutsiya) — tur populyatsiyalarida sodir boʻladigan va ular genofondining oʻzgarishiga, pirovard natijada yangi turlarning paydo boʻlishiga olib keladigan evolyutsion jarayonlar majmui. Mikroevolyutsiya terminini fanga rus olimi N. V. Timofeyev—Resovskiy (1938) kiritgan. Mikroevolyutsiya tabiiy tanlanish nazoratida boʻladigan mutatsion oʻzgaruvchanlik asosida kelib chiqadi. Mikroevolyutsiya ham boshqa evolyutsion jarayonlar singari irsiy oʻzgaruvchanlik va tabiiy tanlanish orqali amalga oshadi. Mikroevolyutsiya jarayonlarning kechish xususiyatiga alo-hidalanish, hayot toʻlqinlari, mutatsiyalar, tabiiy tanlanish katta taʼsir koʻrsatadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x