MUTAGENEZ

MUTAGENEZ (mutatsiya va… genez) — fizik, kimyoviy mutagenlar taʼsirida sunʼiy mutatsiya olish. Mutatsiya keltirib chiqaradigan omillarni mutagenlar deyiladi. Mutagenlar muta-siyalarni tezlashtiradi (q. Mutatsiya). Mutagen omillar fizik (ionlovchi nurlar, rentgen nurlari, protonlar, neytronlar, ultrabinafsha nurlar, yuqori va past harorat), kimyoviy (pe-stitsidlar, gerbitsidlar), biologik (parazit organizmlarning hayot mahsulotlari, toksinlar) boʻlishi mumkin. Mutagenezdan seleksiyada qayvon, oʻsimlik va mikroorganizmlarning yangi zot, nav va shtammlarini, foydalaniladigan mutantlarni olishda foydalaniladi (yana q. Mutant, Mutagenlar).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x