MANOQIB

MANOQIB (arab. — fazilat) — buyuk kishilar, atoqli sanʼatkorlar, shuningdek, din namoyandalari haqida yozilgan xotira asari. Manoqib, asosan, shu kishilarning hayot yoʻli bilan tanish yoki maslaqdosh boʻlgan kishilar tomonidan yozilgan. Manoqiblar dastlabki paytlardadin peshvolari [paygʻambar Muhammad (sav), Hazrati Ali (pa.) va b. ]ga bagʻishlangan. Bularda muayyan shaxsning turmush faoliyati uchun xos xususiyatlar aks ettirilgan.

Alisher Navoiyning «Holoti Sayid Hasan Ardasher», «Holoti Pahlavon Muhammad», «Hamsat ul-mutahayyirin» asarlari, Xondamirnknt Navoiyga bagʻishlangan «Makorim ul-axloq» («Yaxshi xulklar») asari va b. M. namunalaridir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x