MUHAMMAD DOVUD

MUHAMMAD DOVUD (1908-1978) – Afgʻoniston davlat arbobi, general. Qandahor va Sharqiy viloyatlar general-gubernatori (1933—46), Markaziy armiya korpusi qoʻmondoni, ichki ishlar vaziri (1946—47), Afgʻonistonning Fransiya, Belgiya va Shveysariyadagi elchisi (1947—49), milliy mudofaa vaziri (1949—50), bosh vazir (1953-63). Muhammad Dovud 1973-y. 17-iyulda armiya yordamida davlat toʻntarishi oʻtkazib, Afgʻonistonni respublika deb eʼlon qilgan. Muhammad Dovud prezident kilib saylangan hamda bosh vazir qilib tayinlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x