MIRZAMUHAMEDOV Mannaf Atamatovich

MIRZAMUHAMEDOV Mannaf Atamatovich (1920.20.9 — Toshkent — 2002.26.4) — pediatr, Uzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980), tibbiyot fanlari d-ri (1976), prof. (1977). ToshTI ni tugatgach (1943), shu in-t bolalar kasalliklari kafedrasida assistent, dotsent (1950—54), ayni vaqtda ToshTI bolalar klinikasida bosh shifokor. SamTI rektori (1955 — 60); Toshkent Vrachlar malakasini oshirish in-ti direktori (1960—63), bolalar kasalliklari kafedrasi do-senti (1963—65), Pediatriya i. t. instituta direktori (1966—76); ToshTI (1976—90) va 2-ToshTI bolalar kasalliklari kafedrasi mudiri (1990— 97); 1997-y. dan shu kafedrada konsultant. Asosiy ilmiy ishlari Uzbekiston sharoitida bolalarda uchraydigan oʻtkir va surunkali kasalliklarning kelib chiqishi, tarqalishi, patogenezi va b. masalalarga oid. 1darajali «Sogʻlom avlod uchun» ordeni bilan mukofotlangan (1994).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x